Jerar Pike va Shakira yarashish arafasida

Jerar Pike va Shakira yarashish arafasida

Shakira va Jerar Pikening ajrashishi haqidagi xabarlar keng jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Ammo "Barselona"ning 35 yoshli himoyachisi Shakira bilan munosabatlarini qayta tiklash uchun harakat qilmoqda. Qayd etilishicha, bu ish advokatlar orqali amalga oshiriladi. Xonanda Shakira ham farzandlari uchun turmush o‘rtog‘i bilan yarashishga qarshi emas.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, juftlik bolalarning qayerda yashashi haqida kelisha olmayapti. Pike oilaning Barselonada qolishini istaydi, Shakira esa Mayamiga ketishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq kolumbiyalik yulduz turmush o‘rtog‘ining xiyonati sababli munosabatlarga nuqta qo‘ygan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!