Jeki Chan: “Iltimos, xavotirga tushmang, men karantinda emasman!”

Jeki Chan: “Iltimos, xavotirga tushmang, men karantinda emasman!”

Xitoylik taniqli aktyor, rejissyor, kaskadyor va ssenariynavis Jeki Chan OAVda o‘zining koronavirus bilan kasallangani haqida tarqalgan xabarlarga “Instagram”dagi rasmiy sahifasida izoh berdi.

«Hammaga men haqimda qayg‘urgani uchun tashakkurimni izhor etaman. Iltimos, xavotirga tushmang, men karantinda emasman. Qolganlar ham xavfsiz yerda, sog‘-salomat bo‘lishni tilayman!» — deb yozgan Jeki Chan ґzining “Instagram” saµifasida.

Avvalroq Jeki Channing koronavirus bilan kasallangani va shu sababli shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Jeki Chan Xitoyda koronavirus tarqala boshlaganidan beri ushbu mavzuda tez-tez ommaviy axborot vositalari va yangiliklar saytlarida chiqishlar qilib bormoqda. U fevral boshida koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qilgandi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, 27 fevral holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 78 mingdan oshib, 32 495 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 2744 kishiga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!