JCH-2022. Angliya 1/4 finalda Fransiya bilan to‘qnash keladi

JCH-2022. Angliya 1/4 finalda Fransiya bilan to‘qnash keladi

Fransiya terma jamoasi JCH-2022 chorak finalida Angliya bilan o‘ynaydi.

Angliya 1/8 finalda Senegalni (3:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, Fransiya Polshadan kuchliroq edi (3:1).

Fransiya va Angliya terma jamoalari tarixda ilk bor jahon chempionatining pley-off bosqichida to‘qnash kelishadi.

Angliya va Fransiya o‘rtasidagi o‘yin 10 dekabr kuni El-Xaurdagi “Al-Bayt” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, britaniyaliklar ushbu arenada uchinchi uchrashuvni o‘tkazishadi. Avvalroq AQSh (0:0) va Senegal bilan o‘yinlar bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!