Jasur Umirov ishi: Qiz zo‘rlanmagan, xonanda unga uylanmoqchi bo‘lganmi?

A A A
Jasur Umirov ishi: Qiz zo‘rlanmagan, xonanda unga uylanmoqchi bo‘lganmi?

O‘tgan yilning oktyabr oyida xonanda Jasur Umirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. Xonanda voyaga yetmagan SH.M.ning nomusiga tegishda ayblandi va 2020 yilning 21 dekabr kuni unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

2 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ayni vaqtda Jasur Umirov o‘z jazo muddatini o‘tamoqda. 

O‘tgan hafta QALAMPIR.UZ’ga Jasur Umirovning advokati murojaat qilib, Umirov nomusiga tekkani aytilgan va xonandaning ustidan huquq-tartibot organlariga ariza qoldirgan qiz intervyu berish istagida ekan, voqea aslida boshqacha bo‘lganini aytib bermoqchiligini ma’lum qildi. Biz esa studiyaga bir vaqtning o‘zida Jasur Umirov nomusiga tekkani aytilgan, bugun esa buni rad etayotgan Shahzoda Mo‘minova, uning xolasi va otasi, Umirovning advokatini taklif qilib, mikrofon tutdik. Ular shunday deydi: 

Feruza Najmiddinova, jurnalist: — Siz birinchi marta holat yuzasidan ma’lumot berganingizda xonanda Jasur Umirov sizning nomusingizga tekkanini aytgansiz va keyinchalik ushbu so‘zlaringizga teskari tarzda o‘rtada bo‘lgan barcha ishlar sizning xohishingiz bilan bo‘lgani, hech qanday zo‘rlash bo‘lmaganini aytyapsiz. Siz bilan telefon orqali gaplashganimizda birinchi intervyuni bosim bosim ostida berganingizni aytdingiz. Bu bosim kim tomonidan bo‘ldi?

Shahzoda Mo‘minova: — Boshida o‘z xohishim bilan bo‘lganimni aytishga uydagilarimdan qo‘rqqanman. Shu sababli meni zo‘rladi deganman. 

F.N.: — Balki sizga Jasur Umirov qamalgani sabab “Arizangni qaytarib ol” qabilida yana bosimlar bo‘layotgandir?

SH.M.: — Yo‘q, menga hozir hech qanday bosim bo‘lgani yo‘q. O‘rtadagi barcha ishga men o‘z roziligim bilan bo‘lgan. 

F.N.: — Voqeani boshidan aytib bera olasizmi?

SH.M.: — 12 iyun kuni dugonam telefon qildi. U menga Jasur Umirov bilan tanishganini, meni ham tanishtirmoqchi ekanini aytdi. Birozdan keyin yana telefon qilishini, konferensiya aloqa orqali meni u bilan gaplashtirmoqchi ekanligini aytdi. Keyin biz gaplashdik. Jasur aka meni Kattaqo‘rg‘onga kelishimni, u yerda meni mehmon qilishini aytdi. Suhbat davomida Jasur akani raqamini olib, o‘zim telefon qildim va ertasi kuni borishimni aytdim. 13 iyun kuni dugonamga Kattaqo‘rg‘onga borayotganimni aytdim. Dugonam esa buni Jasur akaga aytmasligimni, unga syurpiriz qilishimizni aytdi. Men tushdan keyin soat 5:00 lar atrofida u yerga yetib bordim. Dugonam kutib oldi va meni opasini uyiga olib bordi. U yerdan Jasur aka meni olib ketdi va biz mashinada aylandik. Keyin ovqatlanish uchun Jasur Umirovning uyiga bordik. Ovqatlanib bo‘lganimizdan keyin Jasur aka “Senga gapim bor”, deb meni alohida xonaga olib kirdi. Keyin mendan “Qiz bolamisan yoki yo‘q”, deb so‘radi. Men qiz bola ekanligimni aytdim. Keyin u “Dugonang unday demadi-ku”, dedi. Shundan keyin menga birga bo‘lish taklifini, keyinchalik uylanishini aytdi. Men esa uylanaman degani uchun rozi bo‘ldim. Lekin keyin uylanmayman deb turib oldi. Chunki dugonam meni yaxshi qiz emas, deb aytgan ekan. 

Kattaqo‘rg‘onda ikki kun qoldim. Uydagilarim esa meni dugonamning uyida deb o‘ylashgan. Keyin xolam va dadam meni uyga olib ketdi. Men uyga yetib borgan kunim bo‘lgan voqealarni aytib berdim. Qo‘rqqanim uchun o‘z xohishim bilan bo‘lganligimni ayta olmadim. Shu sabab ham zo‘rladi deganman. Keyin uydagilarim Ichki ishlar xodimlariga xabar berishgan. Tergov payti Jasur aka hammadan kechirim so‘rab, menga uylanishini aytganidan keyin haqiqatni aytdim. Lekin o‘z xohishim bilan bo‘lganimni aytganimga sudyalarning birinchisi ham, ikkinchisi ham ishonmadi. Men Jasur akani chiqarilishini so‘rayman. U insonda ayb yo‘q.  Jasur akaning oilasi meni kelin sifatida qabul qilishga tayyor. Dadasi esa “Sen meni kelinim emas, qizimsan”, deydi.

Siyovush Rahmatov, Jasur Umirovning advokati: 

— Jasur Umirovning aynan qaysi manzilda jazoni o‘tayotganini ayta olmayman. Ammo shuni aytishim mumkinki, u koloniyada jazoni o‘tayapti. U bilan qisqa muddatli uchrashuvda bo‘lganimda shuni aytdiki, Shahzoda Mo‘minova bilan o‘rtalaridagi ish ikki tomonning roziligi bilan bo‘lgan. Ammo, ikkala tomonning oila a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lganligi sababli mana shunday voqealar bo‘lgan. Jasur hali sud hukmi chiqmasdan Kun.uz tomonidan ommaga asossiz ma’lumotlar tarqatilgan va shundan keyin ushbu sayt bilan ham nizo kelib chiqqanini aytib o‘tdi. 

Bugunga kelib ikki oila shu to‘xtamga kelgan ekan, men bunga aralasha olmayman.  Men o‘z ishim bilan shug‘ullangan holda Jasur Umirovning fikrlarini va tayinlangan jazo adolatli yoki adolatsiz bo‘lganligiga Jasur Umirovning munosabatini hisobga olib shikoyat arizasini tayyorladim. Shundan keyin ushbu ariza bilan Jasur Umirovni tanishtirganimda, u ham arizadagi barcha narsani ma’qulladi va imzoladi. Ushbu arizani ayni damda Oliy Sudga topshirganmiz. Birinchi sud Kattaqo‘rg‘onda bo‘lgan edi. Ikkinchisi esa apellyasiya tartibida va keyingisi kassasiya tartibida  Oliy sudda ko‘rilishi kerak. 

Holat yuzasidan har ikkala oila kelishgan bo‘lsa, bu ularning ixtiyoridagi vaziyat. Bunga qonun ham hech qanday e’tiroz bildira olmaydi. Qonunchilik bo‘yicha yana bir narsani aytib o‘tmoqchimanki, bu holat biror shaxsning arizasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladigan jarayon. Hech kimning da’vosi bo‘lmagan taqdirda, bu ish tugatilishi kerak. Barcha sud jarayonlarida Shahzoda Mo‘minova o‘rtadagi yaqinlik ikki tomonning ixtiyoriga asosan bo‘lganini, hozir va keyinchalik ham ayblanuvchi Jasur Umirovga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini aytmoqda. 

Shu o‘rinda men ham nima uchun Shahzoda Mo‘minovaning bayonoti ikki xil bo‘layotganiga qiziqdim. Balki Jasur Umirovning oila a’zolari tomonidan o‘z farzandlarini jazodan ozod qilish maqsadida Shahzoda Mo‘minovaga qandaydir takliflar bo‘lganmikin, deb o‘yladim va jabrlanuvchiga ushbu savol bilan murojaat qildim. Ammo Shahzoda Mo‘minova bunday holat mavjud emasligini, da’vo arizasini o‘z xohishi bilan qaytarib olayotganini aytdi. Ular balki moddiy tomonlama yordam taklif qilishgandir deganimda ham “yo‘q”, deya javob berdi. 

Men dastlabki tergovlarda qatnashmaganman. Ayni damda tergovning uchinchi bosqichida ishtirok etyapman. U paytda Jasur Umirov Shahzoda Mo‘minovaning qiz bola emasligi haqidagi gaplarni nima sababdan aytganini va bugun  nima uchun uylanishga tayyorligidan xabarim yo‘q. Balki Jasur Umirov o‘sha paytda javobgarlikdan qochish uchun bu gaplarni aytgandir. 

Shahzoda Mo‘minova barcha sud jarayonlarida hech qanday da’vosi yo‘qligini aytishiga qaramasdan sud shu holatni e’tiborga olmayapti va biz shuning uchun apellyasiya tartibida sudga qayta murojaat qildik. O‘z navbatida Shahzoda Mo‘minova ham sud hukmidan norozi.  

Furqat Ro‘ziyev, Shahzoda Mo‘minovaning otasi:

—  Qizim boshida mendan qo‘rqqanini uchun zo‘rlanganini aytgan. Jasur Umirov esa qilgan ishini tan olmagani uchun biz sudga murojaat qilishimizga to‘g‘ri kelgan. Hozir Jasur Umirov boshida tan olmayotgan qilmishini birdan tan olib, uylanish taklifini bildirib qolishini jazodan qochish uchun qilyapti deb o‘yladim. Jasur Umirov qamoqqa olinganda otasi bu yerda bo‘lmagan. U ota-onamga ma’lum qilmasdan o‘zim hal qilaman, deb o‘ylagan. Ammo otasi barcha ishdan xabar topib O‘zbekistonga yetib kelganidan keyin, balki undan qo‘rqqandir, balki bunga otasi undagandir, birdan qizimga uylanishini aytdi. 

Jasur bilan gaplashganimda u qizimga uylanishini, aybini yuvishini aytdi.

Qizim o‘qishda edi. Ikki kun uyga kelmadi. Telefon qilsak, dugonasinikida ekanini aytdi. Keyin biz borib dugonasining uyidan olib keldik. Uyga kelib qizimni qistovga olganimizdan keyin bo‘lgan narsalarni aytib berdi. Keyin biz Jasurning uyiga bordik va bizni uning onasi kutib oldi. Bo‘lgan ishlarni aytsak, “Yo‘q, mening o‘g‘lim unday emas”, deb biz bilan qo‘pol muomalada bo‘ldi. Chunki Jasur qilgan ishlardan hali xabari bo‘lmagan. Yaxshilikcha hal qilaylik, deganimda ko‘nmagan. 

Vaqt o‘tganidan keyin biz ko‘rishdik, ularning qarindoshlari va mening yaqinlarim yig‘ilib, maslahat qilib, yoshlarni unashtirib qo‘yishga kelishdik. 

X., Shahzoda Mo‘minovaning xolasi:

— Shahzoda intervyu berayotgan paytda juda ham tushkun holatda edi. U yoshlik qilib qo‘ygan. Chunki hali lisey o‘quvchisi. Jasur boshida qilgan ishini tan olmadi. Tan olgan paytda esa kech edi. Bu xatoni hamma tushunib yetdi. 

Jasurning otasi Rossiyada ekan. O‘zbekistonga kelganidan keyin bizning mahallaga bordi, hammamiz bilan tanishdi. Keyin aytishdiki, “Biz kelin qilsak, shunday oilaning qizini kelin qilamiz, bundan ortig‘i kerak emas”, deyishdi. “Agar bizga ishonmasangiz Toshkentdagi uyni Shahzodaning nomiga o‘tkazib beramiz”, deb aytishdi. Biz esa hech narsa kerak emasligini, faqatgina Shahzoda baxtli bo‘lishini istayotganimizni aytdik. 

Jasurning otasining xalqqa qilgan yaxshiliklarini eshitib u insonga nisbatan hurmatimiz oshdi. Aybini tan olgan inson dunyodagi eng yaxshi inson bo‘larkan. Shuning uchun Prezidentimizdan Jasurni kechirishini so‘rayman. Shahzoda Jasur bilan o‘rtasida bo‘lgan holatni ikkalasining ixtiyori bilan bo‘lganini aytganidan keyin Sud buni inobatga olib 5 yil qamoq jazosini berdi. Oldin 18 yil berishi kutilayotgan edi.

Tahririyat: Nafs, ortidan ishlatilgan yolg‘on, jahl ustida tashlangan navbatdagi noto‘g‘ri qadam ortidan shuncha muammolar kelib chiqdi. Avvalida qamatishga shoshganlar, endi olib chiqolmay halak. Ikki o‘rtada esa Jasur Umirovga nisbatan jinoiy ish ochishni rad etganlarga allaqachon chora ko‘rildi. Ular uchun odamlar o‘yinchoqmi? Bugun zo‘rladi deydi, ertaga yo‘q. Bugun shu ishni qilmadim deydi, ertasiga bosh egib turadi. Xulosa sizdan!

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi. Oliy sudi Plenumining 2010 yil 29 oktyabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandida “...Kvalifikasiya belgilari mavjud xolda nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun ayblanayotgan sudlanuvchining harakatlarini jinoyat kodeksining 118-moddasining birinchi kismi yoki 119-moddasining birinchi qismiga qayta kvalifikasiya qilingan hollarda, agar ishda jabrlanuvchining yozma shikoyati bo‘lmasa yoki jabrlanuvchi sud majlisida bunday shikoyat berishdan bosh tortsa, sud jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 6-bandiga asosan tugatishi" nazarda tutilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Isroilga jo‘natish uchun 17 ming dollar so‘ragan rahbar ushlandi

Хорижий давлатларга ишга юбориш билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

AQSh Eronga zarba berdi. Tehron amerikaliklarning harbiy kemalariga hujum qildi

Қўшма Штатлар ҳарбийлари Эроннинг Қешм оролидаги портга ва Бандар-Аббос шаҳрига зарбалар берди, деб хабар қилмоқда Fox News ва Ахios журналистлари.

Rossiya Suriyadagi harbiy bazani qayta qurmoqda

Бу ҳақда The Maritime Executive ихтисослашган ресурси хабар берди.

Tramp tuzoqqa tushib qoldi va undan qanday chiqishni bilmaydi – CNN

Ҳўрмуз бўғозини назорат қилиш — стратегик мувозанатини Эрон фойдасига ўзгартирди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.