Janubiy Koreyada parvoz paytida samolyot eshigi ochilib ketdi: 9 kishi kasalxonada (VIDEO)

Asiana Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot eshigi Janubiy Koreyaning Tegu shahriga parvoz paytida yo‘lovchi tomonidan ochildi, deb xabar berdi Tengritravel.kz nashri.
Man arrested after opening door as plane prepared to land in South Korea, 9 people taken to hospital - Yonhap pic.twitter.com/2cCmwV27Yg
— BNO News (@BNONews) May 26, 2023
Airbus 321 samolyoti Janubiy Koreyaning janubiy qirg‘oqlari yaqinidagi Jeju orolidan Tegu shahriga uchayotgan edi. Asiana Airlines ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 200 kishi bo‘lgan.
Yo‘lovchilardan biri hodisani videoga olib, internetga joylashtirdi. Videoda qo‘rqib ketgan yo‘lovchilar o‘rindiqlarini mahkam ushlab turganini ko‘rish mumkin.
Dayegu o‘t o‘chirish bo‘limi 12 kishi yengil tan jarohati olganini va to‘qqiz nafar yo‘lovchi havo yetishmasligi sababli kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
Eshikni chiqish yonida o‘tirgan yo‘lovchilardan biri ochganligi taxmin qilinmoqda. Polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Yo‘lovchilar orasida 48 nafar boshlang‘ich va o‘rta maktab sportchilari bo‘lgan. "Bolalar qaltirab, vahima ichida yig‘lashdi. Chiqishda o‘tirganlar eng ko‘p hayratda qolgan bo‘lsa kerak", - deydi sportchilardan birining onasi.
Voqea sodir bo‘lganiga qaramay, samolyot eson-omon qo‘ndi, shundan so‘ng gumondor deb taxmin qilingan shaxs mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘lga olindi.