Janubiy Koreya harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda

Janubiy Koreya harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda

Ushbu oyda Janubiy Koreya 7,8 milliard dollarga rivojlantirilgan, tovush tezligidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi qiruvchi samolyoti - KF-21 ni taqdim etdi. Shuningdek, Koreya AQShdan o‘nlab jangovar vertolyotlarni sotib olish rejalarini oshkor qildi. Prezident Mun Chje In mamlakatning yillik harbiy xarajatlarini Yalpi Ichki Mahsulotning o‘rtacha 7 foizigacha oshirdi. Avvalgi prezident davrida bu ko‘rsatkich 4.1 foizni tashkil etgan.

Shimoliy Koreyadan farqli o‘laroq, janubda yadro quroli yo‘q. Ammo u Shimoliy Koreyaning raketa inshootlari va jang bunkerlarini nishonga olishga qodir bo‘lgan tobora kuchayib borayotgan raketalarni yaratmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!