Jangovar harakatlar hududini ruxsatsiz tark etayotgan Ukraina harbiylari soni ortib bormoqda, deb yozadi Polshaning “Onet” nashri.
Maqolada aytilishicha, frontning ba’zi qismlarida kadrlar yetishmovchiligi 50 foizdan oshadi, bu Ukraina Qurolli kuchlari askarlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan Polsha o‘quv poligonlarida ham seziladi.
“Nazariy jihatdan, bizda hozirda 90 kishi o‘tirishi kerak, chunki rotada aynan shuncha bo‘lishi kerak. <...> Ular esa bor-yo‘g‘i 20 ta. Rotasiya yo‘q. Mening oldingi chiziqda rotasiyasiz bo‘lish bo‘yicha rekordim besh haftadan ortiq. Menda hech bo‘lmasa yuvinish uchun bir kun dam ham bo‘lmadi”, — deya ukrainalik jangchilardan birining so‘zlarini keltiradi nashr.
Avvalroq Britaniyaning “Financial Times” gazetasi 2024 yilning o‘n oyida Ukraina Qurolli kuchlari safida qochqinlar soni 2022-2023 yillardagi umumiy statistik ma’lumotlarga nisbatan qariyb ikki baravar oshgani, ularga nisbatan 60 ming jinoiy ish ochilgani haqida yozgan edi. Ismi oshkor etilmagan ukrainalik generalga ko‘ra, eng ko‘p qochqinlar piyoda va hujum brigadalari orasida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мамлакат элчихонаси кўмагида Ташқи ишлар вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги вакилларидан иборат Ўзбекистон делегациясининг Будапешт шаҳрига амалий ташрифи ташкил этилди.
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Маълум қилинишича, биринчи контингент Ҳиндистон, Индонезия, Бразилия ва Саудия Арабистони ҳарбийларидан ташкил топиши мумкин бўлиб, уларни Россия ва Украина чегарасига жойлаштириш кўзда тутилган. Иккинчи контингентга эса...
Tesla’нинг йирик инвестори Newsweek нашрида берган интервьюсида компания директорлар кенгашини Илон Маскни бош директор лавозимидан четлатишга чақирди.