JAMSHID KENJAYEVNING O‘LIMIDA AYBLANIB YANA 3 KISHI QO‘LGA OLINDI

JAMSHID KENJAYEVNING O‘LIMIDA AYBLANIB YANA 3 KISHI QO‘LGA OLINDI

Toshkentdagi “Aurum898” tungi klubi qo‘riqchilari tomonidan ayovsiz kaltaklangan va pichoqlangani natijasida vafot etgan sportchi o‘limida ayblanib yana 3 nafar qo‘riqchilar qamoqqa olindi.

“Aurum898” tungi klubi kirish eshigi oldida J.Kenjayev, tungi klubi qo‘riqchilari SH.Ilyasov va A.Mirzayev bilan o‘zaro janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan SH.Ilyasovga va A.Mirzayevga sanchib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan.

Janjal davomida voqea joyida bo‘lgan “Aurum898” tungi klubida qo‘riqlovchi yordamchi SH.Qilichov fuqaro J.Kenjayevni qo‘lidan oshxona pichog‘ini tortib olib, unga sanchib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan.

J.Kenjayevga qo‘riqchilar J.Yorqulov, S.Komoliddinov, A.Hamrayev va klub yonidagi boshqa bir nechta shaxslar ham qo‘llari, oyoqlari va yog‘och dastalari (bitalar) bilan urib, tan jarohatlari yetkazishgan.

J.Kenjayev "sanchilib kesilgan jarohatlari, tashqi qon ketishi, gemorragik shok 3-daraja" tashxisi bilan tumandagi 7-sonli shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan 09.08.2018 yilda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan SH.Qilichovga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari So‘rayyo “UzNews.uz” ga ma’lum qilishicha, tergov davomida SH.Qilichov JKning 25,97-moddasi 1-qismi, S.Komoliddinov, J.Yorqulov va A.Hamrayevlar JKning 277-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Ularga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Manba: uznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!