Jamoat transporti yo‘lovchi uchun qulay bo‘lishi kerak

A A A
Jamoat transporti yo‘lovchi uchun qulay bo‘lishi kerak


Mamlakatimizda urbanizasiya jarayonlari jadallashuvi, shaharlarning kengayishi va aholi sonining o‘sishi natijasida jamoat transportiga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida, jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, uni bugungi davr va sharoitga moslashtirishni taqozo etmoqda.

Takomillashtirilgan jamoat transporti tizimi nafaqat yo‘llardagi tirbandlikni oldini olishda, balki yo‘lovchilarni xavfsiz va tezkor harakatlanishi hamda ekologiyaga bo‘lgan yukni kamaytirishda asosiy o‘rinni egallaydi. Respublikamizda jamoat transporti jozibadorligini oshirishga qaratilgan alohida e’tibor undan keng foydalanilish va sohani rivojlantirishga xizmat qilayotir.

Agar raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugungi kunda respublika bo‘yicha 3903 ta yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ularning 774 tasi shahar, 2756 tasi shahar atrofi, 282 tasi viloyat hududi va 91 tasi shaharlararo yo‘nalishlardan iborat. Ushbu yo‘nalishlarda 38926 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, shundan 5506 tasi avtobuslarga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda gapirganda, Tojikiston, Qirg‘iston, Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga 22 ta muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlash joiz. Boisi ushbu davlatlarga qatnovchi avtobuslar tomonidan joriy yilning 9 oyida o‘rtacha 337 mingta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 2023 yilda 28 ta avtobus va 48 ta yo‘nalishli taksi, jami 76 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi. Ularda 141 ta avtobus, 75 mikroavtobus va 304 ta «Damas» rusumli avtomobillar aholiga xizmat ko‘rsatyapti. Qolaversa, respublika bo‘yicha jami 1 137 ta yangi avtobuslar hamda 305 ta mikroavtobus olib kelinib, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlariga joylashtirildi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining «Yashil shaharlar» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Samarqand shahar jamoat transporti uchun 350 ta elektr avtobuslar xarid qilish hamda ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish» loyihasi asosida 2023 yilda 100 ta elektrobuslar olib kelish bo‘yicha xalqaro tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Yutong kompaniyasi tomonidan 6 dona avtobus yetkazib berildi. Ayni chog‘da ushbu avtobuslar Samarqand shahrini «Boqiy shahar» majmuasi bilan bog‘lovchi yo‘nalishda harakatlanmoqda.

Shu bilan birga, joriy yilda 742 ta avtobus bekati, 23 ta avtovokzal va avtostansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 2 ta avtovokzal qurilgan holda, foydalanishga topshirildi. Namangan viloyatida esa 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi.

Sohada amalga oshirilgan ishlardan yana biri — yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida «ATTO» mobil ilovasida haydovchilar faoliyatini yo‘lovchilar tomonidan baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yilgani bo‘ldi. Ushbu ilovada Toshkent shahridagi jamoat avtobuslari harakatlanishini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Bular hali hammasi emas. Shaharlararo va viloyatlararo qatnovchi avtobuslarga elektron chipta sotishga mo‘ljallangan «avtoticket.uz» platformasida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan respublika, xalqaro yo‘nalishlar uchun onlayn chipta sotish mexanizmi ishga tushirildi. Ushbu platformaning «Raynet» platformasiga integrasiya qilingani tufayli «Raynet» shoxobchalarida shaharlararo va viloyatlararo qatnovchi avtobuslar uchun chipta xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron to‘lovlarni ommalashtirish maqsadida bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda, imtiyozli va bepul, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklanmagan tariflar joriy etilayotir. Bu borada shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqiga ega ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozli transport kartalari joriy etilgani ham ayni muddao bo‘ldi.

Umuman olganda, jamoat transportiga bo‘lgan talabni qondirish uchun ko‘proq yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish maqsadida mamlakatimizda jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bularning barchasi aholining uzog‘ini yaqin qilib, xarajati va vaqtini tejashga xizmat qiladi.

Farhod ZAYNIYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.