Jalaquduq tumani karantin paytida o‘tkazilgan ommaviy aksiya bo‘yicha munosabat bildirdi

Jalaquduq tumani karantin paytida o‘tkazilgan ommaviy aksiya bo‘yicha munosabat bildirdi

2020 yil 25 may kuni Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” piyoda yurish aksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ushbu masala yuzasidan Jalaquduq tumani hokimligi Matbuot xizmati quydagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasini amalga oshirish borasida taklif va ko‘rsatmalar bergan.

Shuni aytish joizki, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi Jalaquduq tumanida tuman hokimi Furqatbek Buzrukov boshchiligida sektor rahbarlari, tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari va boshqa taalluqli mutasaddilar nazoratida karantin, tartib-qoidalariga amal qilgan holda tashkil qilingan.

Aksiyada qatnashgan barcha ishtirokchilar mas’ullar nazoratidan o‘tkazilib, dezinfeksiya qilingan holda ishtirok etishlariga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari aksiya o‘tkaziladigan hududda doimiy dezinfeksiya ishlari olib borilgan va aksiya avvalida ham hudud zararsizlantirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu aksiya davom etmoqda. O‘z sog‘lig‘ini o‘ylagan kattayu kichik o‘z mahallalarida ushbu tashabbusni amalga oshirmoqdalar.

Hurmatli Yurtdoshlar, hech bir rahbar o‘zining xalqi uchun yomonlikni ravo ko‘rmaydi, yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqqan holda to‘g‘ri xulosa chiqarib, bugungi kunda yurtimiz karantin rejimida ekanligini inobatga olib, garchi tumanimiz yashil hududga o‘tgan bo‘lsada, karantin tartib-qoidalarga qat’iy amal qilgan holda ish ko‘rishingizni, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam”aksiyasini o‘zingiz yashab turgan mahallangizda ham o‘tkazishingiz mumkin ekanligini unutmang.

Bizning maqsadimiz, yaxshilik yo‘lida, teran va chuqur o‘ylangan holda borar ekan, Bprcha muammolardan birgalikda chiqib ketamiz. 

Barcha qilinayotgan ishlar, xalqimizni xayotdan rozi bo‘lishi va ertangi kunning porloq kelajagi uchun!

Jalaquduq tumani hokimligi Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!