Jakarta dunyoning eng ko‘p aholiga ega shahri bo‘ldi
Indoneziya poytaxti Jakarta dunyoning eng zich shaharlari reytingida Tokioni ortda qoldirdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Jakarta metropolida 42 million kishi istiqomat qiladi.
Keyingi o‘rinda 37 million aholiga ega Bangladesh poytaxti Dakka, uchinchi o‘rinda esa 33 million aholiga ega Tokio turibdi. 2018 yilgi hisobotda Tokio birinchi o‘rinni egallagan edi.
Hisobotga ko‘ra, 1950 yilda dunyo aholisining qariyb 20 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, hozir bu ulush 50 foizga yetgan. 2050 yilga borib, dunyo aholisi o‘sishining uchdan ikki qismi shaharlarda yashaydi.
Aholisi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta shahar – Jakarta, Dakka, Tokio, Yangi Dehli, Shanxay, Guanchjou, Qohira, Manila, Kalkutta va Seul – to‘qqiztasi Osiyoda joylashgan.
BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Junxiya: “Urbanizasiya zamonamizni belgilaydigan kuchdir. Agar to‘g‘ri boshqarilsa, iqlim harakati, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy adolat uchun yangi imkoniyatlar ochilishi mumkin”, deydi.
