Jahongir Ortiqxo‘jayevning pora bilan qo‘lga tushib, ishdan olingani rostmi? (VIDEO)

Jahongir Ortiqxo‘jayevning pora bilan qo‘lga tushib, ishdan olingani rostmi? (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishdan olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu xabar yashin tezligida tarqaldi. Hatto saytimizga murojaat qilib, "Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan ketibdi, nega xabar bermaysizlar?" deguvchilar ham topildi.

Biz shuni rasman ma’lum qilamizki, yuqoridagi mish-mish yolg‘on, Jahongir Ortiqxo‘jayev hech qanday pora bilan qo‘lga tushmagan va ishdan olinmagan ham. U ayni damda vazifasini bajarishda davom etmoqda. Yuqoridagi kabi feyk xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!