Italiyada mafiozlar 2200 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Italiyada mafiozlar 2200 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

20 noyabr kuni Italiya sudi janubiy Kalabriya provinsiyasidagi «Ndrangeta» jinoiy mafiyasiga aloqador 207 kishiga hukm chiqardi. Bu so‘nggi 30 yildagi mafiya ustidan mamlakatdagi eng yirik sud jarayonidir, deb xabar beradi VVS.

Kalabriya janubidagi Lamesiya shahrida maxsus qurilgan Terme binosida bo‘lib o‘tgan uch yillik sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

350 nafar sudlanuvchi, 400 nafar advokat va 900 nafar guvohni joylashtirish uchun kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ta’minlashda maxsus bino zarur edi.

Natijada sud 131 nafar ayblanuvchini oqladi va qolganlarini jami 2200 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Hukm e’lon qilinishi bir yarim soatdan ko‘proq vaqtni oldi.

«Ndrangeta» (yunoncha - jasorat) sisiliyalik Kosa Nostra yoki neapolitanlik Kamorra kabi mashhur emas, lekin u dunyodagi eng kuchli, boy va nufuzli jinoiy guruhlardan biridir.

Sisiliya mafiyasi o‘z ta’sirini yo‘qota boshlaganligi sababli, u asta-sekin nazoratni o‘z qo‘liga oldi va Yevropaga kokain importida deyarli to‘liq monopoliyaga ega bo‘lgan.

Guruh Shimoliy va Janubiy Amerikada, shuningdek, Afrikada bazalariga ega.

Sudga kelgan ayblanuvchilarning bir qismi Yevropaning turli mamlakatlarida, shuningdek, Braziliya, Ekvador va Livanda hibsga olingan.

Shu bilan birga, so‘zsiz “hudud egasi” Luiji Mankuzo ushbu sud jarayonida ayblanuvchilar ro‘yxatiga kiritilmadi: u alohida sudlanadi.

Tribunalning “yulduzi” uning jiyani Emanuele Mankuzo bo‘ldi. Polisiya uni butun janjaldan, jumladan, sobiq "hamkasblari"ning qasosidan himoya qilishga va’da berganidan keyin u guruh sirlarini ochgan asosiy guvohga aylandi.

Garchi ayblanuvchilarning uchdan bir qismi oqlangan bo‘lsa-da, hukmlar «Ndrangetaniң» faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi kerak. Tergov 2016 yilda boshlangan va Italiyaning kamida 11 mintaqasini qamrab olgan. Buning uchun 2500 dan ortiq polisiyachi safarbar etilgan.

Hibsga olingan, ayblanayotgan va hukm qilinganlar orasida nafaqat mafiya guruhining bevosita a’zolari, balki ular bilan til biriktirgan siyosatchilar ham bor edi. Ulardan ba’zilari Germaniya, Shveysariya va hatto Bolgariyada hibsga olingan.

Mafiya guruhiga qarshi operasiyaga boshqa davlatlar polisiyasi ham safarbar etilgan. Germaniyaning o‘zida ham yuzlab odamlar hibsga olingan va so‘roq qilingan.

«Ndrangeta» yetakchilaridan biri Rokko Morabito Urugvayda hibsga olindi. Guruh Lotin Amerikasidagi kokain ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqada bo‘lgan.

Italiyaning mafiyaga qarshi tergov agentligi so‘nggi hisobotlaridan birida «Ndrangeta» "jinoyat olamidagi mutlaq hukmron kuch" deb nomlangan.

Bu hukmronlik manbai jinoiy va yashirin iqtisodiyotda yangi potensial daromad manbalarini tanlashda jinoiy guruh boshliqlarining “ajoyib moslashuvchanligi”dadir.

2008 yilda Italiyaning Eurispes tadqiqot guruhi «Ndrangeta»ning yillik aylanmasini 44 milliard yevro (48 milliard dollar) deb baholadi, bu o‘sha paytda Italiya yalpi ichki mahsulotining taxminan 3 foizini tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!