Italiyada "ChatGPT"dan foydalanish taqiqlandi

Italiyada "ChatGPT"dan foydalanish taqiqlandi

Italiya "ChatGPT"dan foydalanishni taqiqlagan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Italiyaning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish idorasi chatbot ishlab chiqaruvchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi shaxsiy ma’lumotlarga oid qonunchilikni buzganini ma’lum qildi. Jumladan, neyron tarmoq +13 yosh chegarasiga qaramay, foydalanuvchilarning yoshini tekshirmasligi ta’kidlanadi.

“OpenAI ko‘rilgan choralar haqida 20 kun ichida xabar berishi kerak, aks holda kompaniya 20 million yevrogacha yoki yillik global aylanmaning 4 foizigacha jarimaga tortiladi”, — deyiladi xabarda.

ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) — OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intelekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi. OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!