Iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi va Dehqonobod tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar SH.H. va J.SH. qalbaki aksiz markali jami 1 156 dona "Shahrisabz" nomli iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “C.” nomli do‘kon sotuvchisi M.S. xaridorga qalbaki aksiz markali 2 dona “QARATAU” nomli arog‘ini va 1 quti tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan 553 dona turli xil alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!