Istanbulda jinoyat sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Istanbulda jinoyat sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1979 y.t. FAYZULLAYEV ZOKIR BAXROMOVICh Istanbul shahrida qo‘lga olindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida
Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!