Issiqroq kiyining! O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda.

Issiqroq kiyining! O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi 1—4 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqolpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, 1-2 oktyabr kunlari kunduzi 15-20, 3—4 oktyabrda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23, 2—4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1 oktyabrda 18-23, 2—4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 1—2 oktyabrda 22-27, 3—4-oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 1 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 2 oktyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3—4 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 1—2 oktyabrda 18-23, 3—4 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!