Isroilning “Temir gumbaz” tizimini buzib kirgan xaker qanday qutqarildi?

Isroilning “Temir gumbaz” tizimini buzib kirgan xaker qanday qutqarildi?

Sabah” gazetasi Turk maxsus xizmati bilan Jeyms Bond filmi syujetiga o‘xshash voqea ro‘y bergani haqida maqola e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat milliy razvedka boshqarmasi Isroilning “Temir gumbaz” havo mudofaasi tizimini buzib kirgan falastinlik xakerni “Mossad” agentlari qo‘lidan qutqarib olgan.

2015-2016 yillarda “Temir gumbaz” tizimini vaqtincha ishdan chiqara olgan falastinlik xaker Umar A 2020 yil Misr orqali Turkiyaga keladi. Shundan keyin “Mossad” xodimlari, go‘yo, ish taklif qilish bahonasida xaker bilan aloqa o‘rnatishga urinib ko‘radi. Tabiiyki, Umar rozi bo‘lmaydi. Shundan so‘ng turk razvedkasi xaker Turkiyani tark etmasligi kerakligidan ogohlantiradi.

2022 yil sentyabrda Umar, baribir, 15 kunlik ta’tilida Malayziyaga bormoqchi bo‘ladi. Safar arafasida Turkiya razvedkasi Istanbul boshqarmasi xakerning telefoniga, hatto, o‘chirilgan paytda ham qayerdaligi haqida xabar beruvchi ilova o‘rnatib qo‘yadi.

Nashr yozishicha, Malayziyada Umarni “Mossad” agentlari haqiqatan o‘g‘irlab ketadi va tog‘dagi bir uyga olib borib, “Temir gumbazni” qanday qilib buzib kirgani yuzasidan 36 soat mobaynida so‘roq qiladi.

Turkiya razvedkasi holatdan xabar topib, malayziyalik hamkasblari bilan bog‘lanadi. Hamkorlar uyga bostirib kirishi natijasida xaker ozod qilinadi, voqeaga aloqador 11 kishi hibsga olinadi. Ayni payt xaker Turkiyaga qaytarilgan, xavfsiz joyda qo‘riqlov ostida yashamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!