Isroilning G‘azoga bergan zarbalari natijasida yana 11 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga bergan zarbalari natijasida yana 11 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning janubdagi Rafah shahri va blokadadagi G‘azo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat qochqinlar lageriga bergan zarbalari natijasida 11 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi.

Bu haqda Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligi xabar berdi,

Xabarda aytilishicha, Isroil havo kuchlari Rafahning Tel-es-Sulton hududidagi uyni bombardimon qilgan. Hujum oqibatida ko‘pchiligi bolalar bo‘lgan olti falastinlik halok bo‘ldi.

Nusayrat qochqinlar lageridagi uyga uyushtirilgan hujumda 5 nafar falastinlik, jumladan 3 nafar bola halok bo‘ldi.

Shuningdek, Isroil aviasiyasi G‘azo markazidagi Al-Megazi qochqinlar lageriga, G‘azo shahri sharqidagi Al-Shujayya hududiga va eksklav shimolidagi Jebaliya qochqinlar lageriga ham ko‘plab havo zarbalari berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!