Isroilga Ozarbayjon hududidan Yeronni bombardimon qilishga ruxsat berilmaydi

Isroilga Ozarbayjon hududidan Yeronni bombardimon qilishga ruxsat berilmaydi

Ozarbayjon boshqa davlatlarning mojarolariga aralashmaydi, shuning uchun Isroilga o‘z hududidan Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Fariz Rzayev Isroil OAVlariga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Isroil 9-kanal.

Telekanalning qayd etishicha, Ozarbayjon rasmiysi Isroilga “Noaniqlik davridagi qarash va strategiya” konferensiyasida ishtirok etish uchun kelgan.

“Eron bilan munosabatlarimiz, afsuski, juda past darajada”, - dedi Rzayev. “Dunyoviy davlat sifatida biz xalqaro munosabatlarga diniy aqidaparastlikning kiritilishiga mutlaqo qarshimiz”.

Vazir o‘rinbosari, shuningdek, Ozarbayjon Turkiya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni tiklashda faol ishtirok etganini ta’kidladi. “Ikkala davlat ham bizning eski do‘stlarimiz”, dedi Rzayev. "Va do‘stlarimiz o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, biz ular umumiy til topishlari uchun hamma narsani qildik."


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!