Isroilda sud islohoti kechiktirilishi mumkin

Isroilda sud islohoti kechiktirilishi mumkin

Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet amaldagi hukumatni norozilik namoyishlari fonida sud-huquq islohotini kechiktirishga va muzokaralarga o‘tishga chaqirdi.

“Men Bosh vazirdan Gallantni ishdan bo‘shatish haqidagi qarorni qaytarib olishga, islohotni to‘xtatib turishga va Mustaqillik kunidan keyin muzokaralarni boshlashga chaqiraman”, — deb yozdi u tvitterda.

Bennetga ko‘ra, Isroil 1973 yilgi arab-isroil mojarosidan beri eng katta xavf ostida.

Sobiq bosh vazir, shuningdek, namoyishchilar va boshqa fuqarolarni zo‘ravonlik ishlatmaslikka chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!