Isroil TIV: "Biz Suriya chegaralarida xavfsizlikni ta’minlash niyatidamiz"

A A A
Isroil TIV: "Biz Suriya chegaralarida xavfsizlikni ta’minlash niyatidamiz"

Isroil Suriya janubidagi status-kvoni saqlab qolish va uning chegaralarida xavfsizlikni ta’minlash niyatida.

Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar brifingda ma’lum qildi.

"Suriyadagi manfaatlarimiz ma’lum, cheklangan va aniq. Avvalo, Suriya janubida, chegaramiz yaqinida status-kvoni saqlab qolish va bu hududda Isroilga tahdidlarning oldini olish. Ikkinchidan, mustahkam aloqalarga ega bo‘lgan druzlar jamoasiga zarar yetkazilishining oldini olish", - dedi u.

Uning ta’kidlashicha, yahudiy davlati nuqtai nazaridan "Isroil manfaatlarining Suriyadagi har qanday buzilishi javobsiz qolishi mumkin emas".

Seshanba kuni ertalab Isroil armiyasi Damashqdagi Suriya bosh shtabi majmuasiga zarba bergani haqida xabar bergan edi. Bundan oldin Isroil mudofaa vaziri Israel Kas agar Isroil hukumati druzlar yashaydigan respublika janubidagi As-Suvayda shahri hududidan qo‘shinlarini olib chiqmasa, Suriyaga zarba berishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pitagórica компанияси Португалия аҳолиси ўртасида Криштиану Роналдуни мамлакат терма жамоасига бундан кейин ҳам чақириш