Isroil safarbarlik fonida rus yahudiylarini mamlakatdan olib chiqmoqchi

Isroil safarbarlik fonida rus yahudiylarini mamlakatdan olib chiqmoqchi

Isroil bosh vaziri Yair Lapid va Isroilning El-Al aviakompaniyasi rahbari Rossiyadan Isroilga parvozlar sonini oshirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

Maqsad vatanga qaytish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar va Ukrainadagi urush uchun safarbarlikdan qochmoqchi bo‘lgan rossiyaliklarni mamlakatdan olib chiqish.

Isroil Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar kiritilgandan keyin ham Rossiya bilan havo aloqalarini saqlab kelayotgan kam sonli davlatlardan biridir.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori Alon Ushpizning aytishicha, hukumat buyrug‘i bilan mamlakatda repatriantlarning yangi to‘lqini kelishiga tayyorgarlik boshlangan.

"Bosh vazir va tashqi ishlar vaziri bizga Rossiyadan yangi muhojirlarni qabul qilish vazifasini topshirdi. Buning uchun havo qatnovidan tortib, mamlakatga kirish vizalari va fuqarolarni qabul qilishgacha bo‘lgan ko‘p darajalarda baholash talaba etiladi. Biz boshqa vazirliklar, Rossiyadagi elchixonamiz va, albatta, El-Al bilan hamkorikda ishlamoqdamiz", — deydi Ushpiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!