Isroil Madrimovning navbatdagi jangi borasida muzokaralar boshlandi. Raqib juda jiddiy!

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi borasida muzokaralar boshlandi. Raqib juda jiddiy!

Boks bo‘yicha WBA kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federasiyasining rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.

BoxingScene ma’lumotiga ko‘ra, -66,7 kg vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi bitta yuqori vazn - 69,9 kg vaznda WBA kamari egasi, hamyurtimiz Isroil Madrimov o‘rtasida jang tashkil etilishi kutilmoqda.

Ushbu katta jang 3 avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkazilishi mumkin. Boks oqshomi Saudiya Arabistoni Qirollik kanselyariyasi maslahatchisi, Saudiya ko‘ngilochar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayh tomonidan o‘tkaziladigan debyut turnir bo‘ladi. Shuningdek, Matchroom Boxing hamkorligida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!