Isroil Madrimov dunyoning eng yaxshi uch bokschisi kim degan savolga javob berdi

Isroil Madrimov dunyoning eng yaxshi uch bokschisi kim degan savolga javob berdi

Birinchi o‘rta vazn (69,9 kg.gacha)da amaldagi WBA chempioni Isroil Madrimov dunyoning kuchli uch nafar bokschisini sanab berdi.

"Ularning deyarli hammasi ham bir xilda, uchchalasi ham mutlaq jahon chempioni bo‘la olgan. Inoue, Krouford, Usik — men uchun shu uch bokschi dunyoning Top-3 ro‘yxatiga kiradi. Ular jangdan-jangga o‘zgarib boradi. Shuningdek, Bivol ham bor. Uni ham esdan chiqarmaslik kerak", — deya "BoksTV" YouTube-kanaliga intervyu bergan Madrimov.

Ma’lumot uchun, Isroid Madrimov sanab o‘tgan bokschilarning bari ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempionlari hisoblanadi. Inoue yengil (53,5 kg) va ikkinchi yengil vazn (55,3 kg) toifalaridagi chempionlik kamarlarini o‘z qo‘lida birlashtirdi. Krouford – birinchi yarimo‘rta (63,5 kg) va yarimo‘rta (66,7 kg), Usik – birinchi og‘ir (90,7 kg) hamda superog‘ir vazn toifalarida mutlaq jahon chempioni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!