Isroil Livan harbiy mashinasini o‘qqa tutdi

Isroil Livan harbiy mashinasini o‘qqa tutdi

Isroil armiyasi Livan janubidagi Vzani qishlog‘i yaqinida harbiy mashinaga qarata o‘t ochdi.

Livanning NNA rasmiy axborot agentligiga ko‘ra, mashinaga kamida to‘rtta snaryad tushgan, biroq qurbonlar yo‘q.

Isroil armiyasi 2023 yil 8-oktabrdan beri Livan janubida Hizbulloh jangarilariga qarshi hujumlar uyushtirmoqda. Biroq Livan armiyasi va harbiy bazalari hozircha nishonga olinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!