Isroil hujumlarida halok bo‘lgan o‘nlab falastinliklarning jasadlari shifoxonalarga yetkazildi

Isroil hujumlarida halok bo‘lgan o‘nlab falastinliklarning jasadlari shifoxonalarga yetkazildi

Isroilning G‘azo sektori shimolidagi hujumlari chog‘ida halok bo‘lgan ko‘p sonli falastinliklarning jasadlari kasalxonalarga yetkazildi, deya ma’lum qildi blokadadagi anklav ichki ishlar vazirligi.

G‘azo sektori rasmiylari tinch aholi Isroil hujumlaridan nishonga olinayotganini ta’kidladi.

Xabarda aytilishicha, Isroil armiyasining G‘azo sektorining shimolidagi turli hududlarda uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan ko‘p sonli falastinliklarning jasadlari Indoneziya kasalxonasi va Kamol Advan kasalxonasiga yetkazildi.

Biroq xabarda o‘lganlarning aniq soni haqida ma’lumot berilmagan.

Ayni paytda mahalliy OAV 63 nafar halok bo‘lganlarning jasadi ertalab Indoneziya kasalxonasiga yetkazilgani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!