Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektoridagi eng katta masjidni vayron qildi

Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektoridagi eng katta masjidni vayron qildi

Falastin xavfsizlik manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari juma kuni G‘azo shahridagi eng qadimiy va eng katta masjidni vayron qilgan.

“G‘azo sektoridagi eng katta va eng qadimiy masjid hisoblangan Umar masjidi Isroil armiyasining hujumidan so‘ng vayron bo‘ldi”, – deya xabar berdi Sinxua manbalari.

Taxminan 4100 kvadrat metr maydonga ega Umar masjidi 1400 yildan ko‘proq vaqt oldin qurilgan.

XAMAS Isroilning “G‘azo shahridagi muhim tarixiy obidalar va diniy obidalar”ga uyushtirgan hujumlarini qoralab, Isroil armiyasi hozirgacha G‘azo sektorida 104 ta masjid va 3 ta cherkovni vayron qilganini qayd etdi.

Falastin Madaniyat vaziri Atef Abu Seyfning aytishicha, Isroil hujumlari natijasida G‘azoning ko‘hna mahallasining katta qismi, jumladan, tarixiy binolar, masjidlar, muzeylar va arxeologik obidalar vayron bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!