Ispaniyadagi maktabda o‘smir o‘qituvchi va o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qildi

Oshxona pichog‘i bilan maktabga kelgan maktab o‘quvchisi besh kishini jarohatladi, deya xabar beradi Kazinform Euronewsga tayanib.
Ispaniya janubidagi Xeres shahridagi davlat maktabida 14 yoshli o‘smir o‘qituvchi va o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qildi. Uch nafar o‘qituvchi va ikki nafar voyaga yetmagan bola jarohatlangan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi o‘quv muassasasiga ikkita pichoq bilan kelgan va dars boshlanishidan ko‘p o‘tmay odamlarga hujum qilgan.
Mahalliy xabarlarga ko‘ra, o‘smir tezda ushlab olingan va keyinchali polisiya kuliga topshirilgan.
Hujumchining maqsadi haqida ma’lumot berilmagan.
To‘rt yarador kasalxonaga yotqizilgan. O‘qituvchilardan biri og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, birok uning xayotiga xavf yuq.