Ispaniya va Italiya Ukrainaga qo‘shin yubormoqchi emas

Ispaniya va Italiya Ukrainaga qo‘shin yubormoqchi emas

Ispaniya va Italiya mudofaa vazirlari NATO qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishi yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda Voice of America xabar berdi.

Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesning aytishicha, mamlakat Ukrainaga qo‘shin yubormaydi, chunki u Rossiya bilan konfliktni kuchaytirmoqchi emas.

Biz, aksariyat NATO davlatlari kabi, Ukrainaga qo‘shin yuborish nomaqbul ekanini tushunamiz, chunki bu konfliktning kuchayishini anglatadi. Hozirda har qanday holatda ham keskinlashuvning oldini olish kerak, — dedi u La Vanguardia nashriga bergan intervyusida.

Italiya mudofaa vaziri Guido Krosetto Ukraina tarafdorlari koalisiyasini birlikka chaqirdi va Rim hech qachon mojaro hududiga qo‘shin yubormasligini ta’kidladi.

G‘arb o‘zini yaxshiroq ko‘rsatish uchun Ukrainaga NATO qo‘shinlarini yuborish kabi katta bayonotlar berishdan qochishi va Yevropada 27 kishi bo‘lganimizda ikki yoki uch kishilik uchrashuvlarga bo‘linib ketmasliklari kerak, — dedi u la Reppublica gazetasiga bergan intervyusida.

Italiya vaziriga ko‘ra, Rossiya “birligi”ga qarshi turish uchun Yevropa davlatlariga aniq, muvofiqlashtirilgan strategiya va, ehtimol, yangi koalisiya tuzish kerak.

Krosetto Kiyevga yana ham ko‘proq o‘q-dorilar kerakligini tan olib, bunday qarorlar Yevropa Ittifoqi va NATO darajasidagi uchrashuvlarda qabul qilinishi kerakligini aytgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!