Ispaniya bosh vaziri terma jamoaning Fransiya ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi

Ispaniya bosh vaziri terma jamoaning Fransiya ustidan qozongan g‘alabasiga munosabat bildirdi

Ispaniya bosh vaziri jamoaning Yevro-2024 final bosqichiga chiqqani haqida fikr bildirdi.

Yarim finalda Ispaniya Fransiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

“Final tomon olg‘a! Butun mamlakat sizning orqangizda. Oldinga, Ispaniya! – deb yozdi Pedro Sanches X sahifasida.

Evropa chempionati finali 14 iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ispaniya terma jamoasi Niderlandiya va Angliya terma jamoalari o‘ynaydigan ikkinchi yarim final g‘olibi bilan uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!