Ispanchada fuqaro vafot etgan turmush o‘rtog‘ining pensiyasini olishi mumkin

A A A
Ispanchada fuqaro vafot etgan turmush o‘rtog‘ining pensiyasini olishi mumkin

Evropa Ittifoqining 16 davlatida fuqarolar vafot etgan turmush o‘rtog‘ining pensiyasini olishi mumkin.

Bular quyidagi davlatlar: Avstriya, Bolgariya, Kipr, Daniya, Fransiya, Gresiya, Islandiya, Latviya, Gollandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Shvesiya va Ispaniya.

Har bir davlatda vafot etgan turmush o‘rtog‘ining pensiyasini olish shartlari, muddati, miqdori, olishi mumkin bo‘lganlar (ayrim davlatlarda er ham, xotin ham olishi mumkin, ayrimlarida faqat xotin) farq qiladi.

Quyida ulardan biri, o‘zim istiqomat qilib kelayotgan Ispaniyani misol sifatida olib, bu tizim qanday ishlashini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Demak, quyidagi ma’lumotlar faqat Ispaniyaga tegishli.

Kim olishi mumkin?

Vafot etgan shaxsning eri/xotini yoki umumiy huquq bo‘yicha hamrohi (common-law partner – rasmiy nikohdan o‘tmagan bo‘lsa ham birga yashagan ayol/erkak). Vafot etgan er/xotin/hamrohning pensiyasini olish shaxsning o‘z pensiyasini to‘liq olishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Shartlari qanday?

1. Shaxsning eri/xotini/hamrohi vafot etganda, shaxs ularning pensiyasini olish uchun ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

2. Bunday ariza uchun vafot etgan shaxs, agar ijtimoiy himoya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, oxirgi 5 yil ichida kamida 500 kun davomida yoki u o‘zi ishlagan butun muddatning 15 yili davomida pensiya badalini to‘lagan bo‘lishi kerak. Agar ijtimoiy himoya tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, o‘zi ishlagan butun muddatning 15 yili davomida pensiya badalini to‘lagan bo‘lishi lozim. Bunda hayot bo‘lgan er/xotin/hamroh kerakli muddat davomida pensiya badali to‘langani haqida ma’lumotnoma taqdim qilishi zarur.

3. Agar vafot etgan shaxs kasbiy kasallik yoki ishdagi biror hodisa tufayli vafot etgan yoxud allaqachon pensiya olishni boshlagan bo‘lsa, vafot etguniga qadar pensiya badalini to‘lagan yoki to‘lamaganidan qat’i nazar hayot bo‘lgan er/xotin/hamroh vafot etgan shaxs pensiyasini olish uchun murojaat qilishi mumkin.

Davomiyligi va miqdori qancha?

Vafot etgan er/xotin/hamrohning pensiyasini olish davomiyligi va miqdori ma’lum shartlarga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:

1. Miqdori – vafot etgan er/xotin/hamroh pensiyasining bazaviy hisoblash miqdorining 52 foiziga teng. Davomiyligi – 14 oy. Ya’ni shaxs 14 oy davomida har oy vafot etgan er/xotin/hamroh pensiyasining 52 foiz miqdorida pensiya oladi.

2. Agar shaxsda vafot etgan er/xotin/hamrohdan farzand bo‘lsa va daromadi belgilangan summadan kam bo‘lsa, vafot etgan er/xotin/hamroh pensiyasining 70 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha pensiya olishi mumkin. Bunday hollarda shaxs pensiyani vafot etgunicha olaveradi (ma’lum shartlar asosida to‘xtatilishi mumkin). Ya’ni shaxs to vafot etgunicha har oy o‘zidan oldin vafot etgan eri/xotini/hamrohi pensiyasining 70 foizigacha bo‘lgan miqdorida pensiya beriladi.

3. Rasman nikohdan o‘tmagan hamroh bilan birga qancha vaqt davomida hayot kechirganligini isbotlashning imkoni bo‘lmasa yoki hamrohdan farzand bo‘lmasa, hayot bo‘lgan hamroh 2 yil davomida har oy vafot etgan hamrohi uchun pensiyaning eng kam miqdoriga teng mablag‘ olib turishi mumkin.

Ispaniyada vafot etgan turmush o‘rtog‘ining pensiyasini olish borasida yuqorida keltirilganlardan tashqari yana boshqa qo‘shimcha shart va sharoitlar mavjud.

P.S. Ispaniyada pensiyaning o‘rtacha miqdori oyiga 1000 yevroni tashkil etadi. Masalan, 2016 yilda pensiyaning eng kam miqdori oyiga 636 yevroni, eng ko‘p miqdori esa oyiga 2567 yevroni tashkil qilgan.

Maqsud Salomov,
UzbekLife’ning Ispaniyadagi kolumnisti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Zo'r TV telekanali 7-aprel kuni Chempionlar ligasining qaysi o‘yinini jonli translyasiya qiladi?

Европа чемпионлар лигасининг чорак финал босқичи доирасида бўлиб ўтадиган ўйин Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.