Ishonch telefonlari nomigagina ishlayotgan vazirlik va hokimliklar

A A A
Ishonch telefonlari nomigagina ishlayotgan vazirlik va hokimliklar

Hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘ylab beminnat xizmatga bel bog‘lagan ishonch telefonlari odamlar mushkulini yengillatish bobida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar barham topib, yuzaga kelgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Afsuski, ishonch telefonlari ning hammasi haqida ham shunday deb bo‘lmaydi. Biz, ishonch telefonlari bilan bog‘liq vaziyatlarni oydinlashtirish uchun www.gov.uzhukumat portalining Davlat organlari bo‘limida ko‘rsatilgan 130ga yaqin ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdik.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining ishonch telefoni (+99871 232-65-55) doimiy band. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (+99871 203-00-50) raqamini tergach Assalomu alaykum! Siz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ishonch telefoni ga qo‘ng‘iroq qildingiz. O‘zbek tilini tanlash uchun birni bosing! degan operator ovozi eshitildi. Shu so‘zlarning ruscha takroridan so‘ng bir oz jimlik hukm suradi, keyin yana shu holat qaytalanadi. So‘ng go‘shakda aloqa uzilganini anglatuvchi tu-tu-tu signali eshitildi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishonch telefoni da (+99871 239-41-12) ham xuddi o‘sha vaziyat takrorlandi. Faqat Operator bilan bog‘lanish uchun birni bosing degan jumla qo‘shildi va go‘shakda bizga tanish o‘sha: tu-tu-tu . O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (+99871 246-37-12) raqami ham doimiy band, balki, ishlamas.

Barcha ishonch telefonlari bilan bog‘lanish harakatlari bir emas, bir necha kunning turli vaqtida amalga oshirib ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 10-06 raqami: Assalomu alaykum! Siz ta’lim sohasi bo‘yicha ishonch telefoni ga qo‘ng‘iroq qildingiz. Xalq ta’limi masalalari bo‘yicha birni, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha ikkini, Oliy ta’limi masalalari bo‘yicha uchni bosing... va kutilmaganda tu-tu-tu . O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (+99871 239-47-95) ishonch telefoni ga tushish uchun qilgan urinishlarimiz ham shu taxlit zoye ketdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (+99871 233-39-39) ishonch telefoni raqamlarini tergach, zum o‘tmay kimdir narigi tomondan sergak tovushda chaqiruvga labbay deyishini ishonch bilan kutdik. Afsuski, unday bo‘lmadi.

Nihoyat ikki kunlik urinishlarimizdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishonch telefoni (+99871 147-10-50)ga ulanishga muvaffaq bo‘ldik. Bizga bu tarmoqqa 78 raqami orqali ulanish eslatildi. Ko‘rinib turibdiki, bu tarmoqda ham bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar yetarli.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (+99871 233-28-28), O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (+99871 238-51-32) ishonch telefoni ham qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

Eng qizig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 10-08 qisqa raqamidan blogadarim za terpeniye degan jumladan boshqa ma’lumot ololmadik. Kutish navbatimiz kelgunicha 27 daqiqa vaqt uvol ketdi... keyin aloqa o‘z-o‘zidan uzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan (+99871 232-25-37) bir necha bor urinishlarimizga qaramay bog‘lana olmadik. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (+99871 239-24-07, +99871 239-24-39, +99871 239-24-49) uchala raqamidan birortasidan sado chiqmadi. O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi (+998 71 239 34 39) ishonch telefoni ning ham ahvoli, yuqoridagidek jim-jitlik.

Umid bilan qilgan qo‘o‘ng‘iroqlarimizga javob bergan idoralar ham bo‘ldi. Lekin ular sanoqli.

Ishoning, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (+99871 256-85-07) ishonch telefoni da mas’ul xodimning tovushini eshitib, hatto quvonib ketdik. O‘zini Eldor deb tanishtirgan xodimning murojaatchiga munosabati ham tahsinga loyiq. Bu bizni xursand qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (+99871 244-05-05) xodimining samimiy munosabatidan ko‘nglimiz ko‘tarildi. O‘zini Hakimjon Sharifjonov deb tanishtirgan mas’ul xodimning aytishicha bir kunda 30 ga yaqin qo‘ng‘iroq bo‘lar ekan.

Markaziy bankning (+99871 200-00-44) ishonch telefoni da biz bilan 4-operator bog‘landi. Kun davomida 20 dan ortiq murojaatchi bilan bog‘lanishini va ko‘plab murojaatlar biriktirilgan mutaxassis xodimlar yordamida o‘z vaqtida hal etilayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining (+99871 232-10-07, 1007) raqamlarini terib, 2-3 bor 26 daqiqalik kutishlardan so‘ng, 607 operator bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldik. 607-operatorning aytishicha, ishonch telefonlari uchun 24 soatlik navbatchilik tizimi yo‘lga qo‘yilgan ekan. Negadir, operatorning ishlar qat’iy tartib bilan tashkil etilgan deyishiga qaramay, bu raqamlarga bir necha bor urinishlar va uzoq kutishdan so‘ng bog‘lanish mumkin bo‘layapti...

Ayni kunlarda yurtimizda viloyat va shahar hokimliklariga keng imkoniyatlar berilmoqda. Hududdagi barcha muammolarni vaqtida uzil-kesil hal etish uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlari, mas’ul lavozimlar joriy etilmoqda. Shunday bo‘lsa ham ishonch telefonlari ga bo‘lgan e’tibor har bir el xizmatiga kirishgan amaldor bunga yuqori darajali masala sifatida jiddiy yondashmog‘i joiz. Mana shu mas’uliyat vazifa qanday tartibda amalga oshirilayotgani bilan qiziqib, ishonch telefoni raqamlariga yuzlanamiz.

Mamlakatimizning bosh kenti sanalgan Toshkent shahar hokimligining 99871 200-90-69, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining +99861 222-46-33, Andijon viloyati hokimligining +99874 223-25-28, +99874 223-30-31, Buxoro viloyatihokimligining +99865 222-22-22 raqamlarida bir xil, aloqa yo‘qligini anglatuvchi tu-tu-tu tovushlari quloqqa chalinadi. Jizzax viloyati hokimligining +99872 226-00-11 raqamidan esa obonent blokirovka qilingani ma’lum qilindi. Qashqadaryo viloyatihokimligining +99875 200-55-05 raqamli telefonidan Kechirasiz, siz terayotgan telefon raqami tarmoqda yo‘q , degan so‘zlarni eshitdik. Navoiy viloyatihokimligining +99836 220-10-20 raqamli telefonidan Kechirasiz, siz noto‘g‘ri raqam terdingiz , deyilmoqda. Namangan viloyati hokimligining +99869 227-08-29 raqamini terib, umumiy bo‘lim xodimi Umidjon Yusupov bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldik.

Samarqand viloyati hokimligining +99866 231-11-25 raqamli ishonch telefoni bilan bog‘lanish imkonsiz bo‘lib chiqdi. Surxondaryo viloyati hokimligining +99876 224-15-96 raqamli ishonch telefoni da ham bizga tanish ovoz: tu-tu-tu . Sirdaryo viloyati hokimligining +99867 200-02-06 raqamiga ulanganimizda opreator tag‘in, Kechirasiz siz terayotgan telefon raqami tarmoqda yo‘q , degan so‘zlar bilan bizni siyladi. Toshkent viloyati hokimligining +99871 200-88-11 raqamidagi ovozi magnit tasmaga yozilgan xonim Assalomu alaykum. Siz Toshkent viloyati hokimligiga qo‘ng‘iroq qildingiz. So‘zlashuvni o‘zbek tilida davom ettirishni xohlasangiz birni bosing.... shu so‘zlarning rus tilidagi tarjimasi aytilgach, go‘shakdan yana tu-tu-tu tovushlari eshitildi. Farg‘ona viloyati hokimligining +99873 244-07-50 +99873 244-21-65 raqamidan esa Assalomu alaykum. Farg‘ona viloyati hokimligi ishonch telefoni ga xush kelibsiz. Operator bilan bog‘lanish uchun birni bosing... birni bosgan zahotingiz aloqa uzilib qolaveradi... Xorazm viloyati hokimligining +99862 223-00-06 raqami, bizni aslida ijtimoiy kompleks xodimi Iftixor Rajabboyev bilan bog‘ladi...

Ishonch telefonlari ning ishonchli ligi ana shunday.

Beixtiyor ko‘ngilda shunday savol tug‘iladi. Ishonch telefonlari faoliyati bilan bog‘liq shu qadar jiddiy muammolar mavjud ekan, murojaatchilarning muammolarini hal etish masalalariga e’tibor qay darajada?

Bir so‘z bilan aytganda, ishonch telefonlari ning uzluksiz ishlab turishidan maqsad xalq tinchligi, yurt farovonligi. Bunda ko‘zbo‘yamachilikka yoinki xo‘jako‘rsinlikka yo‘l qo‘yilsa, odamlar qalbida ishonch yo‘qoladi, ishonchsizlik in qo‘yadi. Rosti, kezi kelganda aytilgan bir og‘iz shirin kalom minglab muammolarning yechimi bo‘lishi mumkin. Mana shunda ko‘ngillar taskin topadi. Millatga daxldorlik hissi esa ming chandon ortadi. Har bir kishi erkinlikni yoki o‘zgarishlarni o‘z hayotida his etsa, kelajakdan umidvorligi ortadi. Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, asosiy maqsad odamlarni rozi qilishdir.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya bilan chegaradosh ikki davlat AQSh qo‘shinlarini joylashtirishga tayyor

Бу ҳақда Гитанас Науседа ва Кароль Навроцкий баёнот берган.

2026 yilda dunyoda eng yirik harbiy havo kuchlari

АҚШ замонавий ҳарбий авиация соҳасида ҳали ҳам дунёда энг йирик ҳаво кучига эга давлат сифатида баҳоланмоқда.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хунан провинциясидаги саноат корхонасида юз берган фожиа оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани ва жиддий жароҳат олгани муносабати билан Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзинпинга ҳамдардлик билдирди.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Tramp Hormuz rejasini 50 soatdan so‘ng to‘xtatdi

Маълумотларга кўра, Трамп бу қарорни операция бошланганидан икки кун ўтмасдан қабул қилган.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди