Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

A A A
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investisiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko‘paymoqda.

Garvard universitetining tahliliga ko‘ra, oxirgi besh yilda “iqtisodiy murakkablik indeksi”da O‘zbekistonning o‘rni 25 pog‘ona yaxshilangan. 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz “dunyo bozorida raqobat ustunligiga ega”, deb baholangan.

Bularning natijasida oxirgi yillarda mamlakatimiz eksporti 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi. Bu – iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.

Lekin hozir dunyo avvalgidek emas. O‘zgaruvchan munosabatlar, turli tarif va cheklovlar boshqa davlatlarga ham zanjirli ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyotining sekinlashishi va xalqaro savdo kamayishiga olib kelayapti.

Masalan, uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlarida 10 trillion dollar yo‘qotildi. Yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflyasiya darajasi 7,5-8 foizga ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Eng katta xavf – pandemiya davridagidek dunyo bo‘ylab ta’minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar paydo bo‘lishidadir. Ayniqsa, bunday holat jahon eksportida yuqori ulushga ega to‘qimachilik, elektr texnikasi, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yetakchi tarmoqlarga katta zarba berishi mumkin. Oqibatda raqobat yanada qiyin va ayovsiz bo‘ladi.

Prezident bunday sharoitda faqat o‘z kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil qadam tashlash kerakligini ta’kidladi. Har bir vazirlik, tarmoq va hudud rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan shaxsan shug‘ullanishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun davlat tomonidan zarur huquqiy, tashkiliy va amaliy choralar ko‘riladi. Shu maqsadda yaqinda 3 mingdan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashilib, muammolari o‘rganilgan. Eng ko‘p masala standart va sertifikasiya tizimiga oid bo‘lgan.

Yurtimizdagi 25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Bu eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning “qo‘lini bog‘layapti”, korrupsiyani keltirib chiqarayapti. Ustma-ust sertifikatlash amaliyoti haligacha davom etayotgani sababli odamlar sarson bo‘layapti.

Investorlar bizdagi ko‘p laboratoriyalar talabga javob bermasligini, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytayapti. Yoki aksincha, bizdagi laboratoriyalarning xulosasi chet ellarda tan olinmaydi. Shu bois eksportchilar sertifikat olish uchun xorijiy davlatlarga namuna jo‘natayapti.

Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bozor nazoratini ham olib boradi, bu esa manfaatlar to‘qnashuviga olib kelayapti.

Yig‘ilishda shu kabi mummolar tahlili hamda ishbilarmonlarning takliflari asosida, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish to‘g‘risida Prezident farmoni imzolangani e’lon qilindi.

Ushbu farmonda texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, karantin idoralarining mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab qo‘yildi. Takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi shug‘ullanadi. Oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalari xalqaro standartlar tizimi – “Kodeks Alimentarius”ga muvofiqlashtiradi. Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.

Sertifikat olish majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxati qisqartirilib, mahsulot muvofiqligini deklarasiyalash amaliyoti joriy qilinadi. Asbob-uskuna, xomashyo, maxsus texnika, transport importida yurtimizda tan olinadigan xorijiy sifat va nazorat tizimlari mezonlari ishlab chiqiladi. Ularning importida milliy sertifikat olish talab qilinmaydi.

Ushbu tartiblarni o‘z ichiga olgan “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurati qayd etildi.

Standartlashtirish, sanitariya-epidemiologiya va karantin sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda mahalliy korxonalarga yo‘l ochib, ishlab chiqarishni va eksportni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yuqorida qayd etilgan farmonga asosan, endi chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.

Shu paytgacha qimmat bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qo‘yilgan edi. Endi, 1 iyuldan boshlab, birorta tovarning eksportiga cheklov bo‘lmaydi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kiruvchi xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

So‘nggi yillarda mahalliy sanoatda qandolat va salqin ichimliklarning o‘rni oshdi. Bu tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash ham muhim. Shu bois shakarga aksiz bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.

Buning natijasida qariyb 40 ming odam ishlaydigan qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so‘mga yetadi.

Joylarda mahalliy kengashlar yer solig‘i va ijara to‘lovlariga 2 barobargacha oshiruvchi koeffisiyent belgilamoqda. Lekin buning biznesga ta’sirini o‘rganib, tadbirkorlarning imkoniyatidan kelib chiqish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Aksincha, ularga yuklamani kamaytirib, faoliyati kengaytirilsa, tushum ko‘payadi. Endi tadbirkorlarga ham ushbu soliqlarni yilda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Mutasaddilarga olimlar va tadbirkorlarni jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va ma’murchiligini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlar hamda hokimlar ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, hech bir murojaat chetda qolmasdan, tezda hal etilishi zarurligi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

APL. «Sautgempton» - «Manchester Siti». Husanov bugungi bahsda ishtirok etmaydi

Англия чемпионатининг 36-тури доирасида «Манчестер Сити» сафарда «Саутгемптон» клуби меҳмони бўлади.

Rossiya S-300/400 maketlari bilan dunyo ko‘zini aldamoqda!

Россия Қуролли Кучлари Узоқ Шарқда ҳаво мудофааси даражасини сақлаб қолгандек кўриниш учун С-300/400 зенит-ракета комплексларининг макетларини ўрнатмоқда.

Ukraina O‘zbekistonga sanksiya joriy qildi. Uchta kompaniya va bir fuqaro “qora ro‘yxat”da

Эълон қилинган фармонга кўра, жами 58 нафар жисмоний ва 74 нафар юридик шахсга нисбатан чеклов чоралари қўлланилган, улардан 67 нафари Россия Қуролли кучларига ҳарбий технологиялар етказиб беришда айбланган.

"Real"da kutilmagan qaror! Anchelotti "Barsa"ga qarshi Arda Gyulerni asosiy tarkibda tushiradi

Мадриднинг "Реал" клуби якшанба куни Ла Лига 35-турида "Барселона" меҳмони бўлади.

AQSh Ukrainada abadiy urush o‘tkazish istagini e’lon qildi

Бу ҳақда профессор Питер Кузник РИА Новости агентлигига берган интервьюсида маълум қилди .

Husanovsiz "Manchester Siti" Chempionshipga tushib ketgan "Sautgempton"ni yenga olmadi

"Манчестер Сити" Англия чемпионатининг 36-турида "Саутгемптон" меҳмони бўлди ва 0:0 ҳисобида дуранг қайд этди.

“Ota-onam men bilan gaplashmaydi…” Bloger Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti haqida intervyu berdi

Халқдан ўғирланган пулларга яшаётганимиз ҳақидаги гап-сўзлар мен ва оиламга ёпиштирилган бир тамға.

Xotira va qadrlash kunida O‘zbekiston bayrog‘i bilan chiqqan yoshlar rusparastlar qarshiligiga uchradi

Ҳатто айримлар бу ҳаракатни USAID ёки “Миллий тикланиш” партияси раҳбари раҳбари Алишер Қодиров билан боғлашга уринишган.

Estoniya va Rossiya o‘rtasida jang chiqishiga sal qoldi

Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Van Damm Putinga murojaat qildi

Унинг мурожаати видеосини украиналик журналист Диана Панченко ўзининг Телеграм-каналида жойлаштирган.

Rubl dunyoning barcha valyutalarini ortda qoldirdi

2025 йил бошидан бери россия рубли долларга нисбатан энг кучли мустаҳкамланган валютага айланди.

Rossiya Ukrainada yangi hujumni boshladi

Россия музокараларни манипуляция воситаси сифатида қўлламоқда, тинчликка жиддий интилиш кўрсатмаяпти.

“Mikrofonga baqirish diplomatiya emas” — Lavrov

Россия ТИВ раҳбари Сергей Лавровнинг айтишича, дипломатия - бу профессионал иш, Владимир Зеленский каби талаблар билан микрофонга қичқириш эмас.

NATO bosh kotibi Ryutte mudofaa sanoatidagi "Rossiyaning katta muvaffaqiyatlari" haqida bong urdi

НАТО бош котиби Марк Рютте мудофаа саноатини ривожлантиришда "Россиянинг катта муваффақиятлари"дан хавотирда.

Rossiya ishchi kuchiga juda muhtoj

Россия иқтисодиётининг секинлашиши ва айрим тармоқларнинг қисқариши туфайли кадрлар танқислиги пасаймаяпти.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijonda voyaga yetmagan bola Spark haydab, YTHga uchradi

Ҳолат юзасидан суриштирув ишлари олиб борилмоқда

Barselonada avtomobil futbol muxlislari ustiga haydaldi

Бу ҳақда BBC хабар берди.

Falastinlik qochqinlar soni 7 millionga yetdi

Президент Маҳмуд Аббос таъкидлашича, мамлакат ичкариси ва ташқарисидаги фаластинлик қочқинлар сони 7 миллион кишига етди. Бу ҳақда WAFA агентлиги хабар берди.

Trampning "Mega kelishuvi": Yaqin Sharq uchun yangi tartib

Бу ҳақда Israel Hayom юқори мартабали манбага таяниб ёзади.

Berlindagi Falastin tarafdorlari namoyishida 10 nafar polisiyachi yaralandi

Бу ҳақда Билд нашри хабар берди .

FQBning sobiq rahbari Trampga tahdid solayotgan paytda qo‘lga olindi

Бу ҳақда Миллий хавфсизлик департаменти раҳбари Кристи Ноэм Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

Angliya janubidagi tarixiy avtomobil ishlab chiqarish markazi yonib ketdi

Бу ҳақда “Репорт ” хабар бермоқда Ойна маҳаллий ҳокимият органларига таяниб.

G‘azodagi qurbonlar soni 53 mingdan oshdi

2023 йил 7 октябрда Исроил ҳарбий тажовузи бошланганидан буён Ғазо секторида ҳалок бўлганлар сони 53 010 нафарга етди. Бу ҳақда чоршанба куни Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги хабар берди, деб ёзади Anadolu.

"Ularning vazifasi - Moskvadan vovullash": Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Lavrov va Zaxarovaning bayonotlariga munosabat bildirdi

ТИВ матбуот котиби Георгий Тихий шундай деди: Путин Зеленский билан Истанбулда учрашиш ва урушни тўхтатиш бўйича жиддий музокара ўтказиш ўрнига, Россиядан фақат шахсий ҳақоратлар эшитилмоқда.

Rossiyaning neft eksportidan tushumi aprel oyida keskin kamaydi — XEA

Март ойига нисбатан тушум 1,13 млрд долларга камайган. Бу экспорт ҳажми ёки нархдаги пасайиш билан боғлиқ бўлиши мумкин.

“Rossiya nefti qo‘lga tushmasdan o‘tmoqda” — YEI tan oladi: resurs yetishmaydi

Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.

JST rahbari: Global savdo inqirozdadir

Қўшма Штатлар ва бошқа мамлакатлар ўртасидаги икки томонлама тариф келишувлари адолатли савдонинг асосий тамойилини бузиши мумкин.

O‘zbekiston Rossiyada Top-10 sevimli sayohat yo‘nalishiga kirdi

Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.

Zelenskiy: Ukraina okkupasiya qilingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olmaydi

Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.

Falokat unutilmagan: Nakba xotirasida 115 falastinlik sionistlar tomonidan o‘ldirildi

Фаластинликлар Накбанинг 77 йиллигини хотирлаётган пайтда жиноятчи Исроил Ғазода 100 дан ортиқ кишини ўлдирди. Янги ҳужумлар Ғазода камида 115 кишининг жонига зомин бўлди, Исроилнинг ўта ўнг қанот кучлари Накба йиллигида Ғарбий қирғоққа ҳужум қилишга ундамоқда.