Ipoteka hamma uchun emas: kredit olishda yosh chegarasi belgilandi

Ipoteka hamma uchun emas: kredit olishda yosh chegarasi belgilandi

 Ipoteka krediti 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarolariga beriladi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hukumatning qaroriga ko‘ra, endilikda yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik (2020 yil 1 yanvardan 1 yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil (hozirgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha) muddatga beriladi.

Shuningdek, o‘lchami 0,02 ga bo‘lgan yerda joylashgan bir qavatli 3 xonali arzon uylar va 4 qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar arzon uy-joy hisoblanadi.

Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy qiymatining 90 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!