Intel kompaniyasi 15 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Intel kompaniyasi 15 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Amerikaning mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi Intel kompaniyasi o‘z biznesini jonlantirish va raqobatchilariga yetib olish maqsadida 15 mingdan ortiq ishchisini qisqartirmoqchi. Ushbu yangiliklar fonida kompaniya aksiyalari qiymati 20 foizga tushib ketdi.

Kompaniya 2024 moliyaviy yilning to‘rtinchi choragida dividendlar to‘lamasligini va butun yilga mo‘ljallangan kapital xarajatlarini 20 foizdan ortiqqa qisqartirishini e’lon qildi.

Kompaniya bosh direktori Pet Xelsingerga ko‘ra, Intel’ning zararga kirishiga sun’iy intellekt yuklamalarni kamaytirishga yordam beradigan Ultra PS chiplarini ishlab chiqarishni tezlashtirish borasidagi qarori bilan bog‘liq. Shuningdek, u kompaniya Intel 4 hamda 3 chiplarini ishlab chiqarish Oregondagi zavoddan Irlandiyadagi zavodda ko‘chirishni tezlashtirishga qaror qilganini, bu esa qisqa istiqbolda ko‘plab xarajatlarni yuzaga keltirganini bildirdi.

Kompaniyaning 15 mingga yaqin xodimi joriy yil davomida ishdan bo‘shatiladi. Bosh direktor kompaniya o‘z xarajatlari tuzilmasini Intel’ning yangi operasion modeliga moslashtirishi va ish uslubini tubdan o‘zgartirishi kerakligini aytdi. Bundan tashqari, Intel «sun’iy intellekt kabi kuchli tendensiyalardan» hali foyda ko‘rmadi.

Xelsingerning ta’kdlashicha, kompaniya tez orada ishchilar uchun kengaytirilgan pensiya va ixtiyoriy ishdan bo‘shatish dasturini taklif qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!