INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARASIYASIDA INSON HUQUQLARIGA OID AYRIM MASALALAR

A A A
INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARASIYASIDA INSON HUQUQLARIGA OID AYRIM MASALALAR

Bugungi kunda har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalasi yotadi. Chunki jamiyatda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yaratmasdan turib, huquqiy demokratik davlat barpo etish mumkin emas.

Amalga oshirilayotgan islohotlar inson hayotini, uning dunyoqarashini hamda turmush darajasini o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. Jamiyatda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulug‘vor maqsad shakllandi hamda “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.

Shu bilan birga, hozirgi kunga kelib ham inson huquqlarini himoya qilish sohasini muammolardan xoli deb bo‘lmaydi. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida aksariyat davlatlarning inson huquqlarini himoya qilishga faqatgina milliy huquqiy tizimlar orqali intilishini ko‘rsatishimiz mumkin.

Inson huquqlari va erkinliklari kafolatini faqatgina milliy huquqiy tizimda qabul qilingan normalar bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Bunda inson huquq va erkinliklarini xalqaro tan olingan prinsiplar, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarda belgilangan normalar va qoidalar asosida himoya qilish ham talab etiladi.

So‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementasiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, davlatimiz tomonidan inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda uni yanada rivojlantirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan [1].

Respublikamizda ushbu shartnomalar asosida milliy qonunchilik tizimi va huquqni qo‘llash amaliyotiga xalqaro standartlarni va qoidalarni tizimli ravishda implementasiya qilishning o‘ziga xoc modeli, insonning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida inson huquqlari bo‘yicha o‘z milliy huquqiy tizimini yaratgan ilk davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklari himoyasining xalqaro tan olingan prinsiplari, bolalar va xotin-qizlar huquqlarini muhofaza qilish, korrupsiya va odam savdosiga qarshi qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida qator milliy dasturlar, chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda ushub soha bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiyalar tashkil etildi.

Ushbu jarayonga davlat tashkilotlarini jalb etish, ularning shaxs, jamiyat va davlat oldidagi vazifalarini aniq belgilashga erishildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, inson huquqlarini himoya qilish hamda uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi muhim hujjatlardan biri hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyusiyasi shaklida qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi yuridik jihatdan majburiy emasligi va tavsiyaviy xarakterga ega ekanligiga qaramasdan, ushbu xalqaro-huquqiy hujjatning ahamiyati beqiyosdir.

Zero, uning qabul qilinishi inson huquqlarini himoya qilish sohasida juda ko‘plab xalqaro konvensiyalarni ishlab chiqish hamda ularga rioya etilishini nazorat qilishning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qildi.

Konvensiya normalari xalqaro huquq normalarida, milliy huquq tizimida va inson huquqlari bo‘yicha boshqa muhim hujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular shaxs huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yuridik jihatdan majburiy bo‘lgan normalar tizimini tashkil etadi.

Mazkur Deklarasiyaning qabul qilinishi inson huquqlarini himoya qilishda xalqaro hamjamiyat erishgan eng katta yutuqlardan biridir.

Hozirgi kunga kelib ham dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlari ushbu hujjatda belgilangan normalarni o‘z milliy huquqiy tizimlariga implementasiya qilish uchun turli choralarni ko‘rishda davom etmoqdalar.

Ta’kidlash joizki, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng qo‘shilgan birinchi xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Ushbu Deklarasiya 1991 yil 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII-sessiyasida ratifikasiya qilingan. Ushbu Deklarasiya ratifikasiya qilinganidan so‘ng yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2008 yilda Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganligining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–3994-sonli “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni [2] qabul qilingan.

Bunda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, qonunchilikka oid chora-tadbirlar tizimini takomillashtirish eng asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2018 yil 5 maydagi PF–5434-son Farmoni [3] ham qabul qilingan.

Ushbu Farmonga asosan davlat, jamiyat va fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining tamoyillari va qadriyatlariga e’tiborini yanada kuchaytirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa choralar tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlariga va davlat organlarining amaliy faoliyatiga inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementasiya qilish mexanizmlari samaradorligini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilab olindi.

2018 yil noyabr oyida Samarqandda “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi” qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forum qit’ada inson huquqlarini himoya qilishning mavjud mexanizmlarini takomillashtirish va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan edi.

Forum davomida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklarasiyasi qabul qilindi. Ushbu deklarasiya BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi hujjati sifatida tasdiqlandi. Bunda “erkinlik, tenglik, inson huquqlarini himoya qilish g‘oyalari birlamchi vazifa bo‘lmagan sivilizasiya va davlatlar mavjud emas”ligi ta’kidlangan [4].

Bundan tashqari, 2020 yilda mamlakatimiz tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi [5, 7-b].

Inson huquqlari bo‘yicha kengash faoliyati butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi.

BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davlat a’zo hisoblanadi va Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Bu ham inson huquqlarini himoya qilishdagi muhim qadamlardan biridir.

Endi esa, bevosita Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi inson huquqlari va uni himoya qilish masalasiga to‘xtalib o‘tamiz.

Inson huquqlari va uni himoya qilish bo‘yicha olimlar o‘rtasida turli xil fikrlar va qarashlar mavjud.

Ko‘pchilik olimlar inson huquqlari ko‘pqirrali hodisa ekanligini, inson hayotining barcha jabhalarini qamrab olishini qayd etishadi [6, 62-b].

Boshqa bir mualliflar esa inson huquqlari davlatlar konstitusiyalari va xalqaro huquqda belgilab qo‘yilgan shaxsiy va jamoaviy huquqlarning yig‘indisidir degan g‘oyani ilgari surishadi [7, 23-b].

Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida ham inson huquqlari tushunchasi o‘z ifodasini topgan. Deklarasiyaning Muqaddimasida “inson huquqlari” termini qo‘llanilgan bo‘lib, ushbu termin barcha xalqaro huquq sub’ektlari va uning ishtirokchilari uchun bir xil ma’noda tushunilishi lozim.

Inson huquqlaridan amalda foydalanish har bir shaxsning o‘z hayotini erkin qurishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, tenglik va inson qadr-qimmatini hurmat qilishga ko‘maklashadi. Inson huquqlari har bir odamning eng asosiy va ajralmas huquqlari hisoblanadi. Ular shaxs, jamiyat hamda davlat hokimiyat idoralari bilan bo‘ladigan munosabatlarning mohiyatini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar o‘zining ifodasini topgan. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida nazarda tutilgan umuminsoniy huquqlar oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida belgilab qo‘yilgan. Ushbu norma davlatimizni umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslangan davlat ekanligini ko‘rsatadi.

Konstitusiyamizning “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlangan ikkinchi bo‘limida belgilangan normalar ushbu Deklarasiya talablariga to‘la mos keladi. Xususan, Konstitusiyamizda belgilangan insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchilik me’yorlari Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga to‘la mos keladi.

Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 2-moddasida “har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklarasiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinlikka ega bo‘lishi zarur” degan norma belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasida esa, ushbu Deklarasiyaga mos ravishda quyidagi norma mavjud.

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar [8].

Endi esa, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida o‘z ifodasini topgan inson huquqlariga oid eng asosiy normalarga to‘xtalib o‘tamiz.

Ushbu huquqlarni alohida turlarga (fuqarolik, shaxsiy va siyosiy huquqlar sohasida; iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar sohasida; jamoaviy huquqlar sohasida) ajratgan holda tahlil etamiz

Fuqarolik va shaxsiy huquqlar sohasida:

1) yashash huquqi;

2) erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;

3) qiynoq, shafqatsiz, insoniylikka zid va shaxs qadr-qimmatini kamsituvchi muomala va jazo turlaridan erkin bo‘lish huquqi;

4) turar joy daxlsizligi huquqi;

5) harakatlanish erkinligi huquqi;

6) fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi;

7) ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqi;

Ushbu huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ham mustahkamlab qo‘yilgan.

Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 3-moddasida xar bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi belgilangan.

Yashash huquqi bu insonning tug‘ilishi bilan vujudga keluvchi, uning biologik mavjudligini ta’minlovchi hamda davlat tomonidan muhofaza qilinuvchi huquqdir [9, 133-b].

Bosh Qomusimizning 24-moddasida yashash huquqi, 25-moddasida esa erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:

Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas [10].

Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga to‘xtaladigan bo‘lsak, har bir inson tug‘ilishi bilan qo‘lga kiritadigan, har kim erkin, o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilish, o‘zganing shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon yetmaydigan tarzda yurish-turishni tanlash imkonini beruvchi huquq [11, 137-b].

Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar sohasida:

1) mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi;

2) tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqi;

3) ta’lim olish huquqi;

4) kasaba uyushmalari tashkil etish va ularga birlashish huquqi;

5) ijtimoiy ta’minot olish huquqi;

6) munosib turmush kechirish, xususan, yetarli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ega bo‘lish huquqi va boshqalar.

Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 23 va 24-moddalarida mehnat qilishga oid normalar belgilangan. Unga ko‘ra:

Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, ishsizlikdan himoya qilinish, mehnat uchun teng haq olish, dam olish va bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining IX bobida “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” mustahkamlab qo‘yilgan.

Konstitusiyamizning 37–39-moddalarida mehnat munosabatlariga oid normalar belgilangan.

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar.

Shuningdek, Deklarasiyada har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Deklarasiyada ushbu huquq ijtimoiy huquqlardan biri sifatida keltirilgan.

Biroq, Konstitusiyamiz bo‘yicha mazkur huquq siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar [12].

Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim olayotgan, o‘n besh yoshga to‘lgan hech qanday tafovutsiz o‘z tanloviga ko‘ra va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan a’zo bo‘lish huquqiga egadir [13].

Jamoaviy huquqlar sohasida:

Xalqlarning:

1) o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi;

2) o‘z tabiiy boyliklari va resurslaridan erkin foydalanish huquqi;

3) tinchlikka bo‘lgan huquqi;

4) ekologik toza atrof-muhitga bo‘lgan huquqi.

Shu bilan birga, Deklarasiyada belgilangan milliy, etnik, diniy yoxud til bo‘yicha ozchilikni tashkil etadigan guruhlar huquqlari hamda tub joy xalqlarining huquqlari jamoaviy huquqlar toifasiga kiradi [14, 25-b].

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi inson huquqlarini himoya qilishda eng asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.

Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari bo‘yicha Byuro rahbari Kristian Shtroxal “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi hukumatlar o‘z fuqarolari, o‘z aholisi bilan qanday munosabatda bo‘lish va ular to‘g‘risida qanday qilib g‘amxo‘rlik qilish tamoyillarini birinchi bo‘lib o‘rtaga tashladi” [15, 17-b] deb to‘g‘ri ta’kidlagan.

Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va undagi markaziy qadriyatlar – inson qadr-qimmati, adolat, kamsitilishga yo‘l qo‘yilmasligi, tenglik, haqqoniylik, bularning umumbashariyligi va ajralmas ekanligi – har birimizga va har doim tegishlidir [16].

Ushbu Deklarasiya inson huquqlariga oid normalarni tizimlashtirib, avlodlarga bo‘lib berdi. Xorijiy davlatlar tajribasida inson huquqlarini himoya qilishga oid huquqni quyidagi 3 turga taqsimlanadi:

Birinchi guruhdagi huquqlar “salbiy shaklda ta’riflangan huquqlar”ni o‘z ichiga oladi. Bular Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 2–21-moddalarida belgilangan fuqarolik va siyosiy huquqlardir. Bunda huquqlarni ta’minlash inson erkinliklarini har qanday tarzda cheklab qo‘yishdan, ularni himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.

Ikkinchi guruhdagi huquqlar “ijobiy shaklda ta’riflangan huquqlar”ni o‘z ichiga oladi. Bular Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 22–27-moddalarida mustahkamlab berilgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni qamrab oladi.

Ikkinchi guruhga mansub huquqlar avvalo odamlarning munosib hayot kechirishi uchun bo‘lgan huquqlariga, ijtimoiy adolatni, muhtojlikdan xoli bo‘lishni ta’minlashga hamda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda ishtirok etishga qaratilgan.

Uchinchi guruhdagi huquqlar “kollektiv” huquqlarni o‘z ichiga oladi. Bular Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 28-moddasida belgilangan. Unda aytilishicha, har bir inson ushbu Deklarasiyada bayon etilgan huquqlar va erkinliklarini to‘liq amalga oshirishi mumkin, ya’ni bu huquqlar ajralmas, doimo umumiy asosga ega bo‘lgan huquqlardir [17, 7-b].

Shuni ham qayd etish kerakki, inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish davlatning asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Bosh Qomusimizning 22-moddasida ham davlatimiz o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘zining fuqarolarini huquqiy himoya qilishi belgilangan.

Inson huquqlarini himoya qilish tamoyili konstitusiyaviy qurilish asoslari tizimida muhim o‘rinni egallaydi. Ushbu tamoyilning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat [18, 7-b]:

birinchidan, insonning huquq va erkinliklari boshqa barcha ijtimoiy munosabatlar shakllanishining, jumladan, davlat qurilishining oliy qadriyatidir. Davlat tomonidan tan olinadigan va muhofaza qilinadigan inson huquqlari va boshqa qadriyatlar bir-biri bilan o‘zaro muvofiq kelmasa, inson huquqlariga ustunlik beriladi.

ikkinchidan, ushbu tamoyilning mazmun-mohiyati Konstitusiya hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan inson huquqlari va erkinliklari tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Biroq, barcha huquq va erkinliklarni Konstitusiyada belgilash imkoni yo‘q. Agar shaxsning boshqa umume’tirof etilgan huquq va erkinliklari Konstitusiyada belgilanmagan bo‘lsa, bu ushbu huquqlarning tan olinmasligi yoki kamsitilishini anglatmaydi.

uchinchidan, davlat hokimiyatini shakllantirish va uni xalq irodasiga muvofiq holda amalga oshirilishi. Bugungi kunda aksariyat demokratik davlatlarda hokimiyatni boshqarish va unda qonuniylikni ta’minlashga saylovlar orqali erishiladi. Bunda aholi vakillari ma’lum shaxslarga davlat hokimiyati vakolatlarini topshirish orqali o‘z siyosiy irodasini ifoda etadi. Konstitusiyamizning 32-moddasida ham O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanliklari belgilangan.

to‘rtinchidan, davlat hokimiyatni konstitusiyaga zid bo‘lgan yo‘llar orqali egallashning taqiqlanganligi va bunday egallash (bosib olish) qonun bo‘yicha ta’qib etilishi.

Yuqoridagilarga ko‘ra shuni aytish mumkinki, Konstitusiyamizda inson huquqlariga oid quyidagi xalqaro-huquqiy qoidalar mustahkamlangan:

1) shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishda xalqaro huquq normalarining ustunligi;

2) asosiy huquq va erkinliklarning bir butunligi (ajralmasligi);

3) huquq va erkinliklarning bevosita amalga oshirilishi;

4) huquq va erkinliklarning majburan cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi;

5) huquq va erkinliklarning davlat tomonidan kafolatlanganligi;

6) teng huquqlilik;

7) shaxsning o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga zarar yetkazmasligi shart.

Demak, O‘zbekistondagi inson huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sarhisob qilib, quyidagilarni alohida qayd etish lozim:

– inson huquqlari bo‘yicha qonunchilik shakllantirildi;

– inson huquqlarini ta’minlashning institusional mexanizmlari yaratildi;

– davlat inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik qilmoqda;

– inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va ma’rifat amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, inson huquqlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi:

birinchidan, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida inson huquqlari sohasidagi faoliyatini o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish;

ikkinchidan, inson huquqlarini himoya qilish sohasida mavjud qonunchilik hujjatlariga rioya etish yuzasidan parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish;

uchinchidan, davlat organlari, mansabdor shaxslar va boshqalar tomonidan insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish;

to‘rtinchidan, inson huquqlarini ta’minlashga bevosita mas’ul bo‘lgan davlat organlari xodimlarining inson huquqlari bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida rivojlangan xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish tizimini kengaytirish va ularni o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, demokratik-huquqiy davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston uchun Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik bazasini shakllantirishda eng asosiy hujjat vazifasini bajarib berdi.

Ushbu Deklarasiyasining aksariyat qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchilik me’yorlarida o‘z ifodasini topgan.

Suvanov Sardor Baxadirovich,

Sirdaryo viloyat Guliston tumanlararo

ma’muriy sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

KXDR AQShning yadroviy quroldan voz kechish chaqirig‘iga javob berdi

Бу ҳақда Шимолий Корея Ташқи ишлар вазирлиги эълон қилди.

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Shveysariyaga gol urgan futbolchiga juda katta mukofot to‘laydi

Қатар давлат инвестиция жамғармаси Ҳуҳига ЖЧдаги голи учун 3 миллион доллар ва ярим миллиондан қимматроқ Rolls-Royce Phantom совға қилади

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

"Tramp bizni tuzoqqa tushirib ketdi". Isroilda AQSh va Eron o‘rtasida tayyorlanayotgan kelishuv keskin tanqid qilindi

Исроилнинг яна бир расмий вакили Ynet нашрига маълум қилишича, минтақада ушбу келишув Эрон томонидан ўтказилган босим ва Қўшма Штатларнинг ён босиши натижаси ўлароқ қабул қилинмоқда.

O‘zbekiston 🇨🇴 Kolumbiya uchrashuviga hakamlar tayinlandi!

Учрашувда Тейлорга унинг доимий ҳакамлар бригадаси ёрдам беради.

Netanyahuda sog‘lom fikrlash umuman yo‘q, men Bayrutga berilgan zarbadan judayam noroziman — Tramp

Равиднинг сўзларига кўра, Трамп Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняҳунинг хатти-ҳаракатларини ҳам кескин танқид қилган.

Ikki vertolyot to‘qnashuvi natijasida mashhur qo‘shiqchi va bloger vafot etdi

Бу ҳақда CNN Brasil телеканали хабар берди.

Saida Mirziyoyeva: “Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim”

“Бу курашда четда томошабин бўлиб туришга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ”, деб ёзади Президент Администрацияси раҳбари.

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Қутқарув хизматлари самолётдан сакраб қолишга улгурган парашютчиларни топиш умидида ҳалокат жойи атрофини кўздан кечирди, бироқ омон қолганларни топа олмади

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.