Ingliz tilini biladigan davlatlar: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Ingliz tilini biladigan davlatlar: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

EF English Proficiency Index dunyoning turli davlatlarida ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ro‘yxatdagi 112-davlat orasida 88-o‘rinni egallagan.

Reytingda O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi «juda past» hisoblanuvchi mamlakatlar guruhiga kiritilgan bo‘lib, undan yuqori pog‘onada Afg‘oniston (87-o‘rin), pastida Suriya (89-o‘rin) joylashgan.

Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham ro‘yxatga kiritilgan, xususan, Qozog‘iston — 96-o‘rin, Qirg‘iziston — 101-o‘rin, Tojikiston — 103-o‘rin. Turkmaniston ro‘yxatga kiritilmagan.

Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha kuchli uchlikdan Niderlandiya, Avstriya va Daniya o‘rin olgan.

Reyting mualliflarining ta’kidlashicha, 2020 yil bilan taqqoslaganda, 30 yoshdan kattalarda o‘sish kuzatilgan, 40 yoshlilar esa birinchi bor o‘rtacha til bilish darajasiga kiritilgan. Bu kabi tendensiya katta yoshli insonlar kasbiy faoliyati davomida til ko‘nikmalarini egallay olishi mumkinligini isbotlaydi.

«2015 yildan buyon 30 yoshdan kattalar 21-25 yoshlilar bilan taqqoslaganda, o‘zlarining ingliz tilini bilish darajasini uch barobarga yaxshilagan», — deyiladi izohda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!