Indoneziyada zilzila: 150dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Indoneziyada zilzila: 150dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Dushanba kuni Indoneziyaning Yava orolida zilzila ro‘y berdi va o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda VVS.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 5,6 magnitudali zilzila G‘arbiy Yava orolidagi Chianjur shahri yaqinida 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 162 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati maktab yoshidagi bolalardir. 326 nafar aholi og‘ir tan jarohati olgan.

Er silkinishlari poytaxt Jakartadan 100 km uzoqlikda sezilgan.

Shundan so‘ng Indoneziya poytaxtidagi ko‘p qavatli uylardan odamlar evakuasiya qilindi.

Indoneziya hukumati zilzilalar yana sodir bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ular qurbonlar soni ortishini taxmin qilmoqdalar.

Zilzila sodir bo‘lgan joyda aholi zich joylashgan, uylar yomon qurilgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar qulagan binolardan odamlarni evakuasiya qilishga urinmoqda, ular ayol va uning bolasini saqlab qolishgan.

Xavfli hududlardan 13 784 kishi evakuasiya qilingan. 2300 dan ortiq uy jiddiy shikastlangan, ba’zilari butunlay vayron bo‘lgan.

Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Chianjur viloyatida o‘nlab binolar zarar ko‘rgan.

Ular orasida shifoxona va islom maktab-internati bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!