Imtiyozli asosda beriladigan dorilar ro‘yxati o‘zgardi

Imtiyozli asosda beriladigan dorilar ro‘yxati o‘zgardi

Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2522-2, 11.06.2019 y.)

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda omnopon in’eksiyasi uchun 2 % 1 ml eritma ham imtiyozli asosda beriladi.

Ilgari faqat omnopon in’eksiyasi uchun 1 % 1 ml eritma berilgan.

✅ Bundan tashqari, quyidagilar ham imtiyozli asosda beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritildi:
? trifluoperazin (tabletka 5 mg);
? fluferazin (in’eksiya uchun eritma 25mg/1 ml);
? olanzapin (tabletka 5 mg).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!