Imtiyozlar tufayli ish o‘rni va sifatli mutaxassislar ko‘paymoqda

A A A
Imtiyozlar tufayli ish o‘rni va sifatli mutaxassislar ko‘paymoqda

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda IT sohasini rivojlantirishga sezilarli darajada e’tibor o‘zgardi. Zero taraqqiyotimizni, iqtisodiy rivojlanishimizni usiz tasavvur qilishning iloji yo‘q.

Bu borada 2017 yilda tashkil etilgan IT parkning roli va ahamiyati katta. Sohaning lokomotivi bo‘lgan ushbu park davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, IT park – istiqbolli start-ap loyihalarni ishga tushirish va bozorga chiqarishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan ob’ektlar, binolar va inshootlar majmuasi, IT kompaniyalar uchun, shu jumladan, ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan integrasiyalashgan holda eksterritorial erkin iqtisodiy zonadir.

Ta’kidlash o‘rinliki, iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning eng qisqa va samarali yo‘li bo‘lmish ITning jadallashishi va yanada mukammallashib borayotgani tufayli O‘zbekiston texnologik davlatga aylanmoqda. 6 yil avval bu soha yurtimiz uchun deyarli begona edi. Qisqa paytda tarmoq noldan barpo etildi va natijada IT – Yangi O‘zbekistonning top drayver tarmoqlari qatoridan joy oldi. Xorijiy davlatlar uchun esa mamlakatimiz jozibador lokasiyaga aylandi.

Dastlabki yilda diyorimizda bu yo‘nalishdagi kompaniyalar soni 147 ta edi. IT park tashkil etilishi natijasida ular soni muttasil oshib, hozirda IT park rezidentlari soni 1 500 taga yaqin. Ular orasida “Mohirdev”, “TASS Vision”, “MAAB Innovation”, “Green White Solutions”, “G-core”, “Modme”, “Aliftech” kabi taniqli kompaniyalarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Taqdim etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari tufayli rezidentlar qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratib, mutaxassislar sonini ko‘paytirishmoqda. Bugungi kunda ish bilan ta’minlanganlar soni 22,5 ming nafarga yetdi. Mutaxassislar “Revotech i-Transition”, “Datasite”, “i-TechArt” kabi nomdor kompaniyalarda ish olib borishyapti.

Ularga yaratilgan imtiyozlarga diqqatingizni qaratamiz. Jumladan, IT park rezidentlarining xorijiy ta’sischilari (ishtirokchilari) va chet ellik mutaxassislariga dividendlar va ish haqi to‘lovlarini chet el valyutasida xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshirish huquqi berildi. Sohadagi mutaxassislar, investorlar, shuningdek, rezidentlarning xorijiy ta’sischilari uchun uch yilgacha bo‘lgan muddatga amal qiladigan IT viza joriy etildi. Bunday kompaniyalarni tashkil etish hamda ularni IT park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida “TashRush” dasturi joriy qilindi va uning doirasida yagona darcha tamoyili asosida xizmatlar ko‘rsatish tartibi yo‘lga qo‘yildi. “TashRush” dasturiga ko‘ra IT park chet ellik IT mutaxassislarga ko‘chib o‘tgandan keyin moslashishga, shuningdek, rezident kompaniyalarga ishga joylashishga yordam beradi. Bu orqali IT kompaniyalar yagona darcha tamoyili bo‘yicha yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishi, ofis topishi va xodimlarni tanlashi mumkin.

Natija esa samarali! E’tibor bering: 7 yil avval mavjud 4 ta chet el kompaniyasi bugun 221 taga ko‘paydi. “Epam Systems”, “Exadel”, “Dyninno, East Games”, “AMC Bridg”, “Vention” va “Qulix” shular sirasidandir.

IT park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2017 yilda 179,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2022 yil yakuni bo‘yicha 32,2 barobarga ortib, 5,8 trln so‘mga yetdi. Eksport hajmi esa 2017 yilda 700 ming dollarni tashkil etgan va 201 barobarga o‘sib, 2022 yilda 140,9 mln dollarga yetkazildi. Eksportyor korxonalar soni 3 barobarga (316 ta) oshdi! Eksportining asosiy yunalishlari katorida – AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur va MDH davlatlari joy olgan. Respublika bo‘ylab IT parkning jami 12 ta hududiy filiali, shuningdek, AQSh va Germaniyada vakolatxonalari tashkil qilindi.

Yana bir misol: 2021 yildan boshlab rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari 4 dan 18 gacha kengaytirildi. Xususan, robototexnika, ma’lumotlarni qayta ishlash, IT autsorsing xizmat ko‘rsatish, venchur moliyalashtirish hamda akselerasiya dasturlarini amalga oshirish, dasturiy ta’minotdan foydalangan holda multimedia, dizayn, multiplikasiya mahsulotlarini ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish korxonalari huquqiga ega bo‘lishdi.

Shu bilan birga, ani vaqtga qadar IT parkning start-ap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inkubasiya va akselerasiya dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 113 ta istiqbolli loyiha – jami 82,8 mlrd so‘mdan ortiq miqdorda moliyalashtirildi. “TASS Vision”, “Billz”, “IMAN”, “Sug‘urta bozor”, “Modme”, “Arzon apteka” bularga yorqin misol bo‘la oladi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, davlatning rivojlanishi aynan IT rivojlanishiga bevosita bog‘liq. O‘zbekiston rivojlangan davlatlar qatorida barcha e’tiborini mazkur ekotizimni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitni yaratishga qaratayotgani ham bejiz emas.

Aytish mumkinki, sohaning amaldagi o‘sish sur’atlari saqlab qolingan holda rivojlanish dinamikasi tezlashtirilsa respublikamiz yaqin 5-10 yil ichida xalqaro IT bozorida o‘z o‘rnini mustahkam egallashga erishadi. Bu esa xizmatlar bozori jadallashuviga va moliyaviy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Baxtiyor Maniyazov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.