Iman Karimova O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida qaysi partiyaga ovoz berishini aytdi

Iman Karimova O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida qaysi partiyaga ovoz berishini aytdi

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Iman Karimova 24 oktyabrda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida kimga ovoz berishini Instagram’dagi stories’ida ma’lum qildi.

Iman «24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida kimga ovoz berasiz?», degan savolga qisqacha «O‘zLiDeP», deya javob yozgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Iman hozirda O‘zbekistonda emasligini bildirgan. U «Qachon Xorazmga kelasiz?», degan savolga «Keyingi safar O‘zbekistonga borganimda», deb javob qaytargan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 24 oktyabr, yakshanba kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Unda Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, Liberal-demokratik partiyadan Shavkat Mirziyoyev, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov va «Adolat» sosial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!