Ikkinchi jahon urushi: Gitler va Stalinning “tili bir bo‘lgan”mi?

Ikkinchi jahon urushi: Gitler va Stalinning “tili bir bo‘lgan”mi?

Fashistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Gitler SSSR rahbari Iosif Stalin bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushining rejasini ishlab chiqqan.

Bu haqda Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislisa aytmoqda.

Uning fikriga ko‘ra, ushbu rejaning birinchi qurbonlari polyaklar va ukrainaliklar bo‘lgan. Shu bois, hozirgi G‘arbiy Ukraina hududiga fashistlar qo‘shinlari G‘arbdan, Sovet qo‘shinlari esa Sharqdan kelishgan.

"Ukraina Ikkinchi Jahon urushi boshlangan mintaqaga tegishli", dedi Kislisa Ikkinchi Jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan BMT Bosh assambleyasining tantanali yig‘ilishida.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, "Sovet qo‘shinlari ishg‘ol paytida minglab ukrainaliklarni, 1941 yildagi chekinish paytida esa yanayam ko‘proq aholi o‘ldirishgan".

Shu bilan birga, yig‘ilishda so‘zga chiqqan boshqa mamlakatlar vakillari Sovet Ittifoqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida ijobiy fikr bildirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!