Ikki nafar futbolchi zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi

Ikki nafar futbolchi zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi

Angliya chempionatida ikki nafar futbolchi zo‘rlashda gumon qilinmoqda.

APLning bir klubida o‘ynovchi ikki nafar 19 yoshli futbolchi zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi, deya yozmoqda The Sun. Ulardan biri stadionda ushlangan.

Taxminlarga ko‘ra, voqea o‘tgan juma kuni sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi voqeadan bir necha soat o‘tib, polisiyaga murojaat qilgan.

“Futbolchilardan biri klub stadionida edi. Polisiya keldi va u bilan gaplashmoqchi bo‘ldi. Uni stadiondagi shaxsiy xonaga olib borishdi, u yerda polisiya futbolchi bilan gaplashdi. U klubni boshqa shaxs bilan tark etgan va o‘sha kuni kechqurun polisiya tomonidan rasman hibsga olingan”, — dedi vaziyatdan xabardor manba.

Bu futbolchi tunni kamerada o‘tkazdi va keyin so‘roqqa tutildi. Ikkinchi gumondor ertasi kuni qo‘lga olindi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala shaxs ham garov evaziga qo‘yib yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!