Ikki juft oyoq kiyim qimmatga tushdi

Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi 17 yoshli (qiz) SH.M. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjeridagi “ayollar oyoq kiyimi” nomli guruhda, noma’lum shaxs bilan 2 juft oyoq kiyim sotib olishga kelishib, jami 390.000 so‘m pullarni o‘tqazib berib, aldanib qolganligini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 42 yoshli (ayol) M.Z. sodir etganligi aniqlandi.
O‘rganish davomida, M.Z. “Telegram” messenjeridagi “ayollar oyoq kiyimi” nomli guruhda SH.M. bilan tanishib, 2 juft oyoq kiyim yetkazib berishni va’da qilgan va oldindan 390.000 so‘m pullarini o‘tkazib olib, SH.M.ning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
M.Z.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, M.Z tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.