IIB xodimi xoinligi uchun 13 yilga qamaldi

IIB xodimi xoinligi uchun 13 yilga qamaldi

Moskva sudi ichki ishlar xodimi Aleksey Jitnyukni 13 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda "xabar.uz" xabar bermoqda.

A. Jitnyukka doir jinoyat ishiga «mutlaqo maxfiy» tamg‘asi bosilgani bois sud yopiq tarzda o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq ishchi ishlar xodimi Markaziy Razvedka Boshqarmasiga «ishlab», Rossiya harbiy dengiz-flotiga oid ma’lumotlarni yetkazib turgan.

U roppa-rosa bir yil avval maxsus operasiya natijasida norvegiyalik shpion Furde Berga bilan qo‘lgan olingan edi. Aytishlaricha, F. Berga maxfiy ma’lumotlarni A. Jitnyukdan olib, kerakli joyga yetkazish bilan shug‘ullangan. Norvegiyalikka qanday jazo tayinlangani haqida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Mahkum Rossiya poytaxti tumanlaridan birida uchastka noziri bo‘lib ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!