Igor Tudor – «Lasio» bosh murabbiyi

Igor Tudor – «Lasio» bosh murabbiyi

«Lasio» klubining yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi.

Rim klubi rasmiy sayti jamoani tark etgan Maurisio Sarri o‘rniga Igor Tudor ish boshlashini ma’lum qildi.

Xorvatiyalik 45 yoshli mutaxassis «Lasio»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Tudorning so‘nggi klubi Fransiyaning «Marsel» jamoasi bo‘lib, u 2023 yilning yozida jamoani tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Sarri o‘tgan haftada o‘z arizasiga ko‘ra Rim klubi bilan xayrlashgandi. «Lasio» A Seriyada 9-o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!