Hukumatga oxirgi uch oyda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qancha tushum tushgan?

Hukumatga oxirgi uch oyda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qancha tushum tushgan?

Avvalroq 2019 yilning 1 dekabridan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 44 600 so‘mdan to‘lovlar olina boshlangani xabar berilgan edi.

1 dekabrdan to hozirgi kungacha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun G‘aznachilikning maxsus fondiga 25,3 milliard so‘m pul tushumi tushgan. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharafuddinov ma’lum qildi.

Ushbu pul mablag‘lari qishloqlar va chekka hududlar, sayyohlik va dam olish zonalarida telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun sarflandi. Ularning mablag‘lari hisobiga axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazlarini ochish rejalashtirilmoqda.

Hozirga qadar 566 772 dona mobil qurilmalar IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Avvalroq bir guruh fuqarolar tomonidan jamoaviy murojaatlar portal meningfikrim.uz ga IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlarni bekor qilishni taklif qilganligi xabar qilingan edi. Taklif 3 soatda 10 mingta ovoz to‘plagan.

21 fevral kuni ushbu jamoaviy murojaat yuzasidan Qonunchilik palatasida brifing o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!