Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (HOK) Rossiya yoshlar terma jamoalariga mamlakat bayrog‘i, madhiyasi va milliy ramzlari bilan ishtirok etishga ruxsat berdi.
Bu haqda Rossiya sport vaziri Mixail Degtyaryov ma’lum qildi.
"Kecha Olimpiya majlisining o‘zida aytganimizdek, HOQ ijroiya qo‘mitasi Rossiya sporti uchun muhim qaror qabul qildi. Rossiya va Belarus yosh sportchilarining olimpiya turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda — jamoaviy yo‘nalishlar ham qo‘shilgan holda — ishtirok etishiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilindi.
XOQ 2023 yilning 28 martidagi tavsiya endi Rossiya va Belarus yosh sportchilariga taalluqli emasligini tasdiqladi. Ular yana milliy ramzlar, bayroq, madhiya bilan va boshqa qo‘shimcha tekshiruvlarsiz ishtirok etishlari mumkin.
Xalqaro federasiyalar "yoshlar musobaqasi" tushunchasiga o‘zlari mezon belgilaydi. Lekin barcha bunday musobaqalarda — yakka va jamoaviy turlarda — ishtirokka qo‘shimcha cheklovlar bo‘lmasligi shart. Rossiya Olimpiya qo‘mitasi tiklangan taqdirda, bu qoidalar 2026 yil Dakarda bo‘ladigan Yoshlar Olimpiya o‘yinlarida ham amal qiladi.
XOQ ijroiya qo‘mitasiga Olimpiya xartiyasining asosiy prinsiplarini bosqichma-bosqich tiklayotgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Qarorni sinchiklab o‘rganamiz va barcha sportchilarimiz huquqlarini to‘liq tiklash bo‘yicha ishni davom ettiramiz", — deb yozdi Degtyaryov Telegram-kanalida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.
Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.