Homiladorlikni ro‘yxatga oluvchi "Elektron tibbiyot" tizimi yaratildi

Homiladorlikni ro‘yxatga oluvchi "Elektron tibbiyot" tizimi yaratildi

“Elektron tibbiyot” tizimining afzalliklari juda ko‘p. Avvalo, vaqt va mablag‘ tejaladi. Ish samaradorligi ortadi. Ovoragarchiliklarga chek qo‘yiladi, deya tizim haqida xabardor qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, shuningdek, saqlash vazirligi tizimida joriy yilning o‘tgan 6 oyida:

  • Bolalar audioskriningi va immunizasiyasi tizimi raqamlashtirildi.
  • Tug‘ilish-o‘lim axborot tizimi takomillashtirildi.
  • Homiladorlikni ro‘yxatga olish tizimi raqamlashtirildi.
  • Tibbiyot axborot tizimlarining “IT-Med” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Ayni paytda esa quyidagi elektron tizimlardan foydalanilmoqda:

  • “Telemedisina” tizimi;
  • “MIS” axborot tizimi;
  • “SMS-xabarnoma” tizimi;
  • “Muassasalar pasporti” tizimi;
  • “Yagona tez tibbiy yordam” tizimi;
  • “Laboratoriya” tizimi;
  • Yurak-qon tomir kasalliklari elektron reestri;
  • “Kadrlarni qayd qilish” axborot tizimi (HRM);
  • “Vaksina logistikasini boshqarish” elektron tizimi;
  • “Order” axborot tizimi;
  • “Emlash” tizimi;
  • “Xatlov” tizimi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!